Telegram yangi foydalanuvchilarni pullik ro‘yxatdan o‘tkazishni sinovdan o‘tkazmoqda

E’lon qilingan sana· 33
Telegram yangi foydalanuvchilarni pullik ro‘yxatdan o‘tkazishni sinovdan o‘tkazmoqda

Ba’zi Telegram foydalanuvchilarida SMS orqali akkauntga kirishda pullik avtorizatsiya paydo bo‘ldi. Messenjer bepul kod o‘rniga uni olish uchun to‘lovni taklif qilmoqda. Uning narxi taxminan $1−1,5 ni (12 000−18 000 soʻmni) tashkil etadi.

Yangilik hamma foydalanuvchilarga ham ta’sir qilmagan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, allaqachon Germaniya, Braziliya, Afrikaning bir qator mamlakatlarida, shuningdek, O‘zbekistondagi ba’zi foydalanuvchilarda qoʻllanilgan.

Kompaniya SMS kodlarni yuborish uchun yuqori xarajatlar hamda botlar va soxta akkauntlarga qarshi kurashish uchun ro‘yxatdan o‘tish va avtorizatsiya qilishning yangi usullarini sinovdan o‘tkazmoqda. To‘lovdan so‘ng foydalanuvchi bir haftalik Telegram Premium obunasini qo‘lga kiritadi.

Shu bilan birga, yangilik foydalanuvchilarning faqat bir qismiga ta’sir qiladi — ko‘pchilik hali ham tasdiqlash kodini bepul olishi mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling