Paramount va Warner Bros. birlashuvi vaqtincha to‘xtatildi

E’lon qilingan sana· 37
Paramount va Warner Bros. birlashuvi vaqtincha to‘xtatildi

AQSH federal sudi Paramount va Warner Bros. kompaniyalari birlashuvini vaqtincha to‘xtatib turish haqida qaror chiqardi. Kaliforniya boshchiligidagi 12 ta shtat mazkur kelishuv raqobatni cheklashi, kino va televideniye bozorida narxlarning oshishi hamda kontent hajmining kamayishiga olib kelishini ta’kidlamoqda.

Sudya Araseli Martines-Olguin 14 kunlik taqiqlov qarorini chiqardi. Shu davr ichida kompaniyalar bitimni yakunlay olmaydi. 3-avgust kuni esa sud birlashuvni yakuniy qaror chiqquniga qadar to‘xtatib turish masalasini ko‘rib chiqadi.

Da’vogarlar fikricha, bitim kabel televideniyesi va kinoprokat bozoridagi yirik o‘yinchilarning birlashishiga sabab bo‘lib, raqobatni sezilarli darajada kamaytiradi.

Paramount esa bu ayblovlarni rad etmoqda. Kompaniya vakillari birlashuv qonuniy ekanini, iste’molchilar va ijodkorlar manfaatiga xizmat qilishini hamda Netflix va Amazon kabi yirik striming platformalariga kuchliroq raqobatchi yaratishini bildirdi.

Bitim 30-sentabrgacha yakunlanmasa, Paramount Warner Bros. investorlariga har kuni millionlab dollar miqdorida kompensatsiya to‘lashni boshlashi kerak bo‘ladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling