Coca-Cola 2000-yillardagi dizaynini qaytarmoqda

E’lon qilingan sana· 33
Coca-Cola 2000-yillardagi dizaynini qaytarmoqda

Coca-Cola o‘zining vizual uslubini yangilab, 2000-yillarda ishlatilgan dizayn elementlarini qaytarmoqda. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Yangilangan dizaynda bankalarga 2000-yillardagi vertikal logotip va ilk bor 1969-yilda taqdim etilgan oq to‘lqin qaytadi. Oq to‘lqin endilikda ichimlik yorliqlari, vending avtomatlari va boshqa brend materiallarining asosiy elementi bo‘ladi.

Coca-Cola Zero Sugar mahsulotlarida esa “Zero Sugar” yozuvi kattalashtiriladi, shuningdek, qora lenta va qora qopqoqlar qo‘llaniladi.

Yangi dizayn bosqichma-bosqich Yevropa, Osiyo, Lotin Amerikasi va Yaqin Sharqdagi 200 dan ortiq mamlakatda joriy etiladi. Kompaniya bu orqali butun dunyo bo‘ylab yagona vizual uslubni shakllantirishni maqsad qilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling