Maryam Tillayeva va Instasamka duet ijro etadi

E’lon qilingan sana· 294
Maryam Tillayeva va Instasamka duet ijro etadi

O‘zbekistonlik bloger Maryam Tillayeva rossiyalik rep ijrochisi Instasamka bilan hamkorlik qilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u Instagram’dagi sahifasida obunachilarining savollariga javob berayotib aytgan.

Obunachilardan biri blogerdan rossiyalik yulduzlar bilan yana qo‘shiq kuylashni rejalashtirayotgani yoki yo‘qligini so‘ragan. Tillayeva esa Instasamka bilan birgalikda trek yozishni xohlayotganini bildirgan.

Qo‘shiqning nomi va reliz sanasi hozircha ma’lum emas.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling