Spektakl

Yarim tundagi o’g’rilik

Yarim tundagi o’g’rilik
Janr
bulvarnaya komediya
Muallif
Miroslav Mitrovich
Rejissyor
Bahodir Mirmaqsudov

Tavsifi

Miraslav Mitrovich qalamiga mansub “Yarim tundagi o’g’rilik” pesasi asosida sahnalashtirilgan spektakl komediya janrida bo’lib, jamiyatdagi ochko’zlik, talonchilik illatlari kulgu ostiga olinadi. Spektaklda jamiyatda hukm surgan ikkiyuzlamachilik, birovning haqidan qo’rqmaslik, o’zbo’larmonlikni odat qilgan kimsalar kulgu orqali tanqid qilinadi. Spektaklda bu kabi illatlar davr, zamon, qonunlar o’zgarishiga qaramay bugungi jamiyatda borligini, aslida jamiyatni izdan chiqarayotgan kichkina o’g’riliklar emas, yashirin eshiklar orqasidagi, ko’zlardan pana joyda amalga oshirilayotgan talonchiliklar ekanidan tomoshabinni ogohlantirmoqchi bo’ladi. Tomoshabin spektakl davomida sahnada aktyorlarni emas, jamiyatda har qadamda duch kelinayotgan voqyealarni, o’zi tanigan insonlarni ko’radi. Spektakl so’nggida esa o’zi izlagan savollariga javob ham topadi.