Мемориальный парк-музей им К.Бехзода

Manzil
Sharof Rashidov ko‘ch., 40
Veb-sayt

Tavsif

Kamoliddin Behzod memorial bogʻ-muzeyi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 23-dekabrdagi “Rassom Kamoliddin Behzod tavalludining 454-yilligini nishonlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan tashkil etilgan.
Kamoliddin Behzod ijodiy merosini to‘liq o‘rganish, sharq miniatyurasi, xattotlik san’ati, qadimiy qo‘lyozma kitoblarini o‘rganish, jamoatchilikka yetkazish va jamg‘arma faoliyati bilan tanishtirish muzeyning vazifalaridan biridir.
Jamg‘armani tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida maxsus komissiya tashkil etildi. Ushbu komissiya koʻmagida Britaniya muzeyi, Bodleyan kutubxonasi, Rossiya milliy va Jazoir milliy kutubxonalaridan 37 ta rangli miniatyura slaydlari keltirilib, muzeyga topshirildi. Bundan tashqari, Hindistonning Kalkutta shahridagi Osiyo jamiyati Kamoliddin Behzodning shogirdi Kosim Aliga yozgan maktubining fotonusxasini topshirdi.
Muzey fondida 500 ga yaqin qimmatbaho eksponatlar mavjud. Ushbu eksponatlar orasida Behzod va uning shogirdlari asarlari, miniatyura maktablari tarixi, yozma madaniyat, asl nusxa ko‘chirmalar, shuningdek, zamonaviy miniatyurachilarning asarlari mavjud. Jumladan, Habibullo Solihning charmga qayta bitilgan bir varaq “Mushafi Usmon” va ikki varaq “Katta Langar quroni” muzey fondiga topshirildi. Ikkinchi qavatga ko‘tarilayotganda devor rassom M.Sobirovning “Nafosat olami” pannosi bilan bezatilgan.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ