Louis Vuitton Las-Vegasda boʻladigan Formula 1 Gran-pri kubogi uchun noyob keys taqdim qildi
E’lon qilingan sana: · 32

“Formula 1"ning rasmiy hamkori bo‘lgan “Louis Vuitton” kompaniyasi 2025-yilgi Las-Vegas “Formula 1” Gran-prisi uchun maxsus mo‘ljallangan noyob sovrin saqlash qutini (Trophy Trunk) yaratdi.
Fransiyadagi Asnieres atelyesida qo‘lda tayyorlangan bu keys Louis Vuitton’ning mashhur monogramma matosi, G‘alaba (Victory) ramzi bo‘lmish “V” harfi va finish chizig‘ini eslatuvchi Damier naqshi bilan bezatilgan.
Musobaqa 2025-yilning 20−22-noyabr kunlari Las-Vegas Stripda bo‘lib o‘tadi va Formula 1 mavsumining 22-turi bo‘ladi.