J. STEFFANY O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 yo‘llanmasi sharafiga ekskluziv Shveytsariya soatlarini taqdim etdi

Oʻzbekiston uchun maxsus va eksklyuziv ravishda yaratilgan cheklangan miqdordagi seriya.
Toshkentdagi premium aksessuarlar do‘koni J. STEFFANY o‘zining shu nomdagi brendi ostida Shveytsariyada ishlab chiqarilgan avtomatik soatlarning cheklangan kolleksiyasini taqdim etdi. Maxsus seriya faqat O‘zbekiston uchun yaratilgan.

Kolleksiya O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasining tarixda ilk bor FIFA 2026 jahon chempionatiga yo‘llanma olganiga bag‘ishlangan. Ushbu yutuqni abadiylashtirish maqsadida brend atigi 99 dona kolleksion soat ishlab chiqardi. Soatlar milliy birlik, faxr va mukammallikka intilish ramzi sifatida taqdim etilmoqda.

Dizaynning asosiy elementi sifatida chuqur okean rangidagi ko‘k siferblat tanlangan bo‘lib, u qavariq sapfir oynali va lyuminestsent elementlar bilan uyg‘unlashtirilgan. Konsepsiyaning markazida esa FIFA Jahon kubogi tasviri joylashgan bo‘lib, u O‘zbekiston terma jamoasi ranglarida bezatilgan. Bu detal mamlakat futbolining tarixiy muvaffaqiyatini yodga soladi.

Soatlarning yuqori sifati Swiss Made belgisi bilan tasdiqlangan. Xronografning yuragi hisoblangan Sellita SW200 Automatic mexanizmi tajribali ustalar tomonidan qo‘lda yig‘ilib, sozlangan. Har bir detal qat’iy nazoratdan o‘tkazilib, Shveytsariya soatsozlik an’analariga xos ishonchlilik va uzoq xizmat muddatini ta’minlaydi.

Texnik xususiyatlari:
• Brend: J. STEFFANY
• Ishlab chiqarilgan mamlakat: Shveytsariya (Swiss Made)
• Mexanizm: avtomatik, uch strelkali (Sellita SW200 kalibri)
• Quvvat zaxirasi: 41 soat
• Material: zanglamaydigan po‘lat, sapfir shisha
• O‘lchamlari: korpus diametri — 41,5 mm, qalinligi — 14 mm
• Suvga chidamlilik: 20 ATM / 200 metr
Soatlarni J. STEFFANY doʻkonidan sotib olish mumkin.