Caviar kinoqahramonlar tasvirlangan eksklyuziv Samsung smartfonlarini taqdim etdi

Hashamatli smartfonlari bilan tanilgan Caviar brendi Samsung Galaxy Z Fold8 va Z Fold8 Ultra modellari asosida yaratilgan yangi kolleksiyani taqdim etdi.
To‘plamdan “Cho‘qintirgan ota” filmidagi Don Vito Korleone, “Chandiqyuz” filmidagi Toni Montana hamda “Qora ritsar” filmidagi Joker obrazlari tushirilgan uchta model o‘rin olgan.
Smartfonlarning orqa paneli qo‘lda ishlangan emal, 24 karatli oltin qoplamali bezaklar va kino qahramonlarining qo‘lda chizilgan portretlari bilan bezatilgan. Bu oddiy g‘ilof emas, balki to‘liq qayta ishlangan eksklyuziv qurilmalar hisoblanadi.
256 GB xotirali asosiy model narxi 12 560 dollardan, Z Fold8 Ultra esa 12 990 dollardan boshlanadi. Shuningdek, 512 GB va 1 TB xotirali versiyalar ham taqdim etilgan.
Har bir dizayndan dunyo bo‘ylab atigi 19 dona ishlab chiqariladi. Shu sababli kolleksiya asosan kolleksionerlar va premium segment xaridorlariga mo‘ljallangan.


