Ko'kchadagi Tapchan restoranida nimalarni ko'rishimiz mumkin?

E’lon qilingan sana· 605
Ko'kchadagi Tapchan restoranida nimalarni ko'rishimiz mumkin?

Ko’pincha qiziqarli gastronomik muassasalarning shahar markazida ochiladi. Mehmonlar ularga yetib borishlari uchun qulay va restoranda har doim mehmonlar bo’ladi — nafaqat doimiy mijozlar, balki yangi ta’m izlovchilar bunday joylarga tashrif buyurishadi.

Instagramda sharq taomlariga ega yangi muassasalarni ko’rib, men ko’rinishidan e’tiborimni tortgan bittasida to’xtadim. Ishtahani ochuvchi “reels"lar va fotosuratlar o’z so’zini aytdi — va ikki daqiqadan keyin men Tapchan manzilini qidira boshladim. Ma’lum bo‘lishicha, u Ko‘kcha masjidi ro‘parasida joylashgan bo‘lib, oilaviy restoran hisoblanar ekan.

Ichki qismida zamonaviy va milliy dekor elementlarini kuzatish mumkin. Baland ko’zgular, g’ishtli arklar, xuddi eski uylardagi devorga taqlid qilgandek, plitkalardagi sharqona naqshlar va turli bezaklar do’stona oilaviy dasturxon muhitini ifodalaydi. Restoran to’rt zonaga bo’lingan bo’lib, zallardagi mehmonlar soniga ko’ra — bu yer ancha talabgor.

Uyg‘ur lag‘moni Tapchanning asosiy taomi hisoblanadi, menyuda esa milliy taomlardan tashqari, Yevropa va Gruziya taomlari ham mavjud. Misol uchun, xinkali, iskandar kabobi, pitsa (15 turdagi), pasta, baliq taomlari, shirinliklar va Dolce Italia’dan muzqaymoq — har bir oila o’zining sevimli taomini topa oladi. Mening kayfiyatim lag’mon va cheburekga tortayotganligi sababli, biz quyidagi taomlarni buyurtma qildik:

  • Lag’mon — 32 000 so’m;
  • Cheburek — 12 000 so’m;
  • Xinkali — 7 000 so’m;
  • Xorovats (armancha salat) — 28 000 so‘m;
  • Limonli choy — 10 000 so‘m.

Ichkarini ko‘zdan kechirayotganimda, zalni aylanib chiqqunimcha, dasturxonga lag‘mon va chebureklar tortildi. Nimadir noto’g’ri ketdi va buyurtma qilingan uchta cheburek o’rniga ikkita olib kelishdi — ular menyuda va Instagram-sahifada ko’rsatilganidan bir yarim baravar kattaroq edi. Yodda tuting, agar siz ko’p xildagi taomlarga buyurtma bergan bo’lsangiz, siz uchun bitta cheburekni o’zi yetarli bo’ladi.

Bir necha daqiqadan so’ng ular uchinchi cheburekni, besh daqiqalik interval bilan — xinkali, keyin esa salatni ham olib kelishdi.

Lag’mon yog’och idishda tortildi va u juda ishtahani ochadi: unda ko’katlar va sabzavotlar ko’p, bulyon esa juda boy ta’mga ega. Go’sht ko’p emas, lekin u og’izda eriydi. Lag’monning o’zi unchalik hayrat uyg’otmadi, chunki u chala pishgan edi. Porsiya esa katta va to’yimli.

Xinkali va chebureklarning ichi esa bir xil masalliqlarga ega. Xinkali yaxshi pishirilgan, ularning ichidan bulyon chiqadi va ichidagi masalliqlar esa klassik versiyasiga qaraganda boyroq ta’mga ega. Chebureklarda esa yumshoq xamir va bir xil xushbo’y qiyma go’sht bor.

Xorovats yog’li edi, unda sarimsoqning yorqin ta’mi yo’q va masalliqlar nostandart kesilgan edi. Bu taomni Tapchanda ikkinchi marta buyurtma qilmagan bo’lardim.

Savollarimiz javobsiz qoldirilganiga va bizning so’rovimizsiz hisob yopilganiga qaramay, bu yerda xizmat ko’rsatish yaxshi. Foydalanilgan idishlar va salfetkalar stoldan o’z vaqtida olib tashlanadi va sizda hammasi yaxshimi yoki yo’qmi, xabar olib turishadi.

Agar men shu hududda bo‘lib qolsam va tushlik qilish uchun joy qidirsam, albatta, Tapchan’ga borgan bo‘lardim. Atmosferaning ajoyiblligi uchun bu yerdagi kamchiliklarga ko’z yumish mumkin.

Ikki kishilik hisob, 10% xizmat haqi bilan birga: 167 200 so‘m.

Vika Chmikhalova
Muallif
Vika Chmikhalova
Tapchan
    Kukcha Darvoza ko‘ch., 345, Shayxontohur tumani
    Tapchan
    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ