Winesday: DJ Ochil'dan yangi restoran loyihasi

E’lon qilingan sana· 1 960
Winesday: DJ Ochil'dan yangi restoran loyihasi

Toshkentda xorijdan kelgan do’stlar bilan sayr qilish mumkin bo’lgan va ularni uchrashuvga taklif qilishdan uyalmaydigan qancha o’ziga xos muhitga ega joylar bor? Shubhasiz, poytaxtning gastronomik xaritasida bunday ruhga mos keladigan joylar bir nechtagina. Yangi Winesday kafesi esa ular qatorida bo’lishga loyiq.

Sovuq qish oxirida restoranchi Ochil Taxtamuhamedovning yangi loyihasi ish boshladi. Vinolar kolleksiyasiga alohida e’tibor qaratiladigan ushbu joy Taras Shevchenko ko’chasi, 38-uyda, Black bear qahvaxonasi o’rnida joylashgan.

Muassasa ichida to’rtta zal mavjud: ko’chaga qaragan panoramali zal, ikkita stol konseptsiyasiga ega “ikki bokalli” zal (lekin uch kishilik joylar ham bor), bar va sahnali umumiy zal, shuningdek, VIP zal. Oxirgi zalni 6 kishilik ikkita stol va katta oynali plafonlarining yorqinligi to’ldirib turadi.

Kafe interyeri asosiy elementlarga ega birlashtirilgan uslublar aralashmasidan iborat — stollarning har birida qizil gerbera guli va rang-barang rasmlar, tasvirlar bor, bu esa Winesday kafesining yo’nalishiga mos keladi.

Kafe xodimlarining zal bo’ylab faol harakatlanishlariga qaramay, ular erkin kiyimda va bu yerga o’ziga xos yengillik berishadi. Buyurtmani to’ldirishni so’rab, har qanday ofitsiantdan tasdiq javobini olishingiz mumkin.

Muassasa oshxonasiga ikki shef-oshpaz mas’ul — Le Cordon Bleu bitiruvchisi Davron va Qozon shahridan kelgan oshpaz Xusniddin. Ular birgalikda o’z muallifligida zamonaviy taomlarni taqdim etishadi. Menyuda barcha turdagi gazaklar, birinchi taomlar, issiq ovqatlar va pitsa mavjud. Kunni chiroyli boshlashga odatlanganlarni kafeda tuxum, kash, tost va quymoqlardan iborat Toshkent uchun odatiy hol bo’lmagan nonushta kutmoqda.

Bizning buyurtmamiz ichimliklar va gazaklardan iborat edi. Gazaklar oq va qizil vino uchun universal hamrohdir. Tryuffelli sous solingan karpachcho (85 000 so’m), bri pishlog’i va rukkolali salat (85 000 so’m) hamda guakamol va lasosli brusketta (85 000 so’m). Kompliment sifatida taomlarga tuz sepilgan sariyog' bilan birga nonli assorti taqdim etildi.

Karpachchodagi mol go’shtining yupqa bo’laklari sous va parmezanli rukkolaning ta’mini yaxshigina to’ldiradi. Gazaklarning ta’mi yoqimli va keyingi buyurtma uchun gazak tanlash jarayonida ikkilanish paydo bo’lmaydi.

Rukkola va bri pishlog’i solingan salatning ta’mini xushbo’y malina bilan to’ldirib turadi. U bizni hayratda qoldirmadi, lekin rukkola ixlosmandlariga albatta yoqadi.

Winesday`dagi guakamoleli brusketta mening shaxsiy sevimli gazakimga aylandi va u sizda ham bir qator tuyg’ularni uyg’otishi mumkin. Bu qizil ikra bilan bezatilgan krem-pishloqli yumshoq tartin, tetiklantiruvchi nordon guakamole va ozgina tuzlangan lasos bo’laklari mujassamligidir.

Hatto kam sonli gazaklarni tanlagan va buyurtma qilgan bo’lsak ham, vino bilan uyg’unlashuvchi, uning ta’mini ta’kidlaydigan taomlardan mamnun bo’ldik.

Stoldagi ichimliklardan tashqari, siz o’zingizning sevimli ichimligingizni buyurtirishingiz mumkin — kafe yonginasida boy assortimentga ega ixtisoslashtirilgan do’kon bor. Rasmiy ochilish may oyiga rejalashtirilgan. Bu vaqtga kelib ular menyuda faqat mashhur taomlarni qoldirishga va yangi zalni ochishga va’da berishgan.

Xizmat uchun 10 foiz haq bilan birga, ichimliklarni hisobga olmaganda, umumiy hisob 280 500 so‘mni tashkil qildi.

Vika Chmikhalova
Muallif
Vika Chmikhalova
Winesday
    Тараса Шевченко ko‘ch., 38, Mirobod tumani
    Winesday
    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ