O'zbekistonda tilla solingan 40 000 000 so'mlik osh tayyorlanmoqda

E’lon qilingan sana· 31 727
O'zbekistonda tilla solingan 40 000 000 so'mlik osh tayyorlanmoqda

Qo’qon shahrida joylashgan “Piramida” restorani so’nggi kunlarda tilla solingan taomlari bilan ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Afisha.uz muxbiri ushbu xabarlarga oydinlik kiritish uchun restoran ma’muriyati bilan bog’landi.

Ular taqdim etgan ma’lumotlarga ko’ra, tilla (zarvaraq) solingan taomlar quyidagicha baholanadi:

  • 1 kg osh — 40 000 000 so’m;
  • kabob (qiyma, 1 ta six) — 470 000 so’m;
  • steyk (1 ta porsiya) — 500 000 so’m.

Shuningdek, tilla qo’shilgan kofe va muzqaymoqlar ham taqdim etiladi.

Xonadonning o’zida ham taomlarni tayyorlash uchun restoran xodimlarini chaqirtirish mumkin. Bunda xizmat haqi — 5 000 000 so’m etib belgilanadi.

Ta’kidlanishicha, ovqatlarga Germaniyadan buyurtma qilib keltirilgan, iste’mol uchun chiqarilgan tilla (zarvaraq) ishlatiladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ