Toshkentdagi Trdelniki: chex desertini qayerda tatib ko'rish mumkin?

E’lon qilingan sana· 1 391
Toshkentdagi Trdelniki: chex desertini qayerda tatib ko'rish mumkin?

Borib ko’rish uchun yangi qiziqarli joylarni izlashda biz poytaxt gastronomiyasi orasida ko’cha taomlari ro’yxatini xilma-xillashtirishi mumkin bo’lgan yangicha shirinlikka duch keldik. Bu — trdelnik. Agar siz sayohat qilishni yaxshi ko’rsangiz yoki yangi narsalarni tatib ko’rishni yaxshi ko’rsangiz, ehtimol siz bu shirinlik haqida eshitgandirsiz.

Trdelnik — shakar va dolchin qo’shilgan xamiridan tayyorlangan an’anaviy chex pishirig’i. U nimasi bilan o’ziga xos? Menimcha, hamma gap oddiylikda — ishlab chiqarishda ham, bolalikdan tanish bo’lgan klassik ta’mda ham. Shakar va dolchin sepilgan xamir bo’laklari yog’och vertel ustiga spiral tarzda o’raladi va mehmonlarning ko’z oldida pechda pishiriladi. Shuning uchun u har doim issiqqina bo’ladi.

O’zbekistonga trdelnikilar tayyorlashni yo’lga qo’yish g’oyasi Gruziyaga bo’lgan safardan so’ng Chimney cake asoschilaridan kelib chiqqan. Shirinlik ularni befarq qoldirmadi, shundan so’ng “Moviy gumbazlar” bog’idagi sahna yaqinida xushbo’y pishiriqlar va muzqaymoq solingan shirinliklar sotadigan shahobcha paydo bo’ldi.

Ular o’zlarini birgina dolchin va shakar bilan cheklamaslikka qaror qilishdi va bir qator turdagi ta’mlarni chiqarishdi. Shokolad pastali, mevali, muzqaymoqli, karamelli Lotus pechenyelari bilan — bir necha daqiqa menyu oldida qolib ketasiz. Ularning narxi tanlangan trdelnikga bog‘liq: muzqaymoqli klassik trdelnik 25 000 so‘m, karamel pastali va pechenyeli trdelnik 45 000 so‘m turadi. Bundan tashqari, uning ustiga xohishga ko’ra shokoladlar, yeryong’oqlar, zefirlar, malina va kokos donachalari sepib berishadi.

Agar qandolatchilik mahsulotlarini yoqtirmasangiz, shunchaki muzqaymoq olishingiz mumkin — u turli xil qo’shimchalar bilan taqdim etiladi va narxi 25 000 so’mdan 35 000 so’mgacha.

Biz shokolad pastali va mevali, muzqaymoqga botirilganidan (40 000 so‘m), shuningdek, karamel pastali trdelnikni (45 000 so‘m) tanladik.

Shirinlik buyurtma qilingan paytdan boshlab tayyor mahsulot holiga kelishiga bir necha daqiqa vaqt ketadi. Sabr-toqatli bo’ling va navbatga turing — aytishlaricha, u yerda kechqurunlari odam juda ko’p bo’ladi.

Trdelniki qog’oz stakanda, qoshiq bilan birga va salfetkalar bilan taqdim etiladi. Ammo bu tajribaga puxtaroq tayyorlaning va o’zingiz bilan nam salfetkalar ham oling.

Banan, kivi va shaftoli bo’laklari issiq trubochkani to’ldirib turadi, bu orqali muzqaymoq issiqlik tufayli birinchi soniyalardan boshlab tarqala boshlaydi. Qaymoqli, bezdirib yubormaydigan yoqimli ta’mga ega — bir porsiya trdelnik bitta ovqatni o’rnini bosishi mumkin va og’irligi taxminan 100 gramm (siz tanlagan shokolad yoki vanil) mavjud.

Pasta va Lotus pechenyeli Trdelnik oddiyroq, ammo mazali. Pechenyedan tashqari dekor uchun karamelli sous bilan ham bezatiladi.

Kuzning iliq ob-havosi va quyoshning oltin nurlaridan bahramand bo’lishga hali vaqtimiz bor ekan, sizga do’stlaringiz va oilangizni olib, yangi shirinlikni tatib ko’rishga borishni maslahat beraman. Chimney cake 15:00 dan 23:00 gacha ishlaydi.

Vika Chmikhalova
Muallif
Vika Chmikhalova
Chimney cake
    Голубые купола bulvari, Yakkasaroy tumani
    Chimney cake