Yandex Eats xizmati Namanganda ham ish boshladi

E’lon qilingan sana· 376
Yandex Eats xizmati Namanganda ham ish boshladi

Endilikda Namanganda ham Yandex Eats xizmatidan foydalanib, uyga yoki ofisga restoranlardan tayyor taomlarni yetkazib berish uchun buyurtma berish mumkin, deb xabar berdi kompaniya axborot xizmati.

“Namangan Yandex Eats xizmatini Oʻzbekistonda yanada rivojlantirish uchun ulkan salohiyatni namoyish etadi. Bu yerda restoran biznesi yaxshi rivojlangan, ammo hamma ham oʻziga xos yetkazib berish xizmatiga ega emas. Biz foydalanuvchilar va hamkorlar uchun texnologik jihatdan ilgʻor va qulay yechimlarni yaratish va kengaytirish imkoniyatlarini koʻrmoqdamiz. Shaharda oziq-ovqat yetkazib berish xizmatlariga ortib borayotgan talabni qondirish maqsadida oʻz faoliyatimizni kengaytiryapmiz”, — dedi Yandex Eats xizmati rahbari Stanislav Datsko.

Ta’kidlanishicha, buyurtma berilgan paytdan boshlab manzilga yetkazilgunga qadar kutish vaqti oʻrtacha 30 daqiqani tashkil qiladi. Har bir manzil uchun mavjud restoranlar roʻyxati birinchi navbatda yaqin atrofdagi muassasalarni koʻrsatadi. Platforma buyurtmalarni taqsimlaydi va liniyadagi mavjud kuryerlar sonini hisobga olgan holda optimal marshrutlarni koʻrsatadi. Ilovaning barcha bosqichlarini kuzatish mumkin.

Buyurtmalar hamkor logistika xizmatlari kuryerlari va restoranlarning shaxsiy kurʼerlari tomonidan yetkazib beriladi. Olis hududlarga tez yetib borish uchun ayrim buyurtmalar avtomashinada amalga oshiriladi.

Xizmat shuningdek, 24/7 qoʻllab-quvvatlash imkoniyatini taqdim etadi. Agar foydalanuvchi buyurtmadan norozi boʻlsa yoki savol bermoqchi boʻlsa, u ilova orqali qoʻllab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishi mumkin va ular unga vaziyatga yechim topishda yordam beradi.

Toʻlovni buyurtma chogʻida hisobga bogʻlangan bank kartasi orqali yoki buyurtmani olgandan keyin naqd pulda toʻlash mumkin. Bepul Yandex Eats ilovasi iOS va Android uchun oʻzbek, rus va boshqa tillarda mavjud. Shuningdek, Yandex Go xizmatidagi alohida “Taomlar” boʻlimida ham buyurtma berish mumkin.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ