"Chilla is coming": Toshkentdagi suv boʻyida joylashgan 15 ta kafe va restoranlar

E’lon qilingan sana· 1 511
"Chilla is coming": Toshkentdagi suv boʻyida joylashgan 15 ta kafe va restoranlar

Oʻzbekistonda chilla boshlanishi bilan soya-salqin joylarga talab ortadi. Toshkent shahrida sizga kerakli salqinlikni bera oladigan restoran va kafelar mavjud.

Afisha.uz ushbu toʻplamda suv boʻyida joylashgan ovqatlanish maskanlaridan 15 tasini bir yerga jamladi.


“Sharshara” restorani

Suv boʻyida joylashgan ushbu restoran oʻzbekistonliklar orasida juda mashhur hisoblanadi. Afisha.uz saytida ushbu restoranga 2022-yilda yozilgan sharhni ham oʻqishingiz mumkin.

Murojaat uchun telefonlar: (+998) 98−000−4848; (+998) 98−170−4242.

Manzil.


“Kebabika” (China shashlik)

Restoranda mol, qoʻy, baliq, tovuq va ot goʻshtidan qilingan kaboblarni tatib koʻrishingiz mumkin. Shuningdek, jigar va qiyma shashliklar ham taklif etiladi. Kaboblar narxi 10 000 soʻmdan 22 000 soʻmgacha etib belgilangan.

Ushbu reels orqali nafaqat taomlar, balki kafening suvga nisbatan qanday joylashganiga guvoh boʻlasiz. Salqinlik ekranning ortidan ham seziladi.

Murojaat uchun telefon: (+998) 33−377−4477.

Manzil.


“Сазанчик”

“Сазанчик” Toshkentdagi ancha mashhur restoranlardan biri hisoblanadi. Ayni vaqtda bu maskanda Yevro—2024 uchrashuvlari ham namoyish etilmoqda.

Bundan tashqari, ushbu storislar orqali restoranning yozgi terrasasi qanday ekanini tomosha qilishingiz mumkin.

Murojaat uchun telefonlar: (+998) 94−618−6161; (+998) 94−601−6262.

Manzil.


“Сазанчик” (Labzak)

“Сазанчик” restoranining filiallari koʻp boʻlib, ulardan yana biri Labzakda joylashgan. Oʻzingizga qulay manzilni tanlashingiz mumkin.

Murojaat uchun telefon: (+998) 93−718−3333.

Manzil.


“Guten Pub”

Nemis oshxonasi hisoblanadigan “Guten Pub” suvga yaqin boʻlgan salqin yerda joylashgan. Menyuda har xil an’anaviy va noan’anaviy taomlarni uchratish mumkin.

Murojaat uchun telefon: (+998) 88−483−8800.

Manzil.


“Boʻzsuv”

Shahar markazidan uzoqroqda, Boʻzsuv kanali yonida joylashgan “Boʻzsuv” kafesi oʻzining kaboblari bilan mashhur hisoblanadi. Suv boʻyidagi maskan issiq havoda salqinlikni ta’minlaydi.

Murojaat uchun telefon: (+998) 90−187−4485.

Manzil.


“Hayat River”

Bu restoranda turli xildagi taomlar va har xil salqin ichimliklardan bahramand boʻlishingiz mumkin. Chillada bundan yaxshiroq kolloboratsiyani uchratish qiyin.

Murojaat uchun telefonlar: (+998) 98−577−7777; (+998) 55−511−1117.

Manzil.


“Khan Chapan”

Qichqiriq kanali boʻyida joylashgan “Khan Chapan” restoranini yozgi terrasaga taklif etadi. Shuningdek, bu yerda Yevro—2024 oʻyinlarini ham tomosha qilishingiz mumkin.

Murojaat uchun telefon: +(998) 71−205−0020; (+998) 99−442−7227.

Manzil.


“Arrows & Sparrows”

Ilk bor BAAning Dubay shahrida tashkil etilgan loyihaning Oʻzbekistondagi franshizasi Toshkent City’da joylashgan boʻlib, bu maskanda har xil turdagi, jumladan, vegeterian va Yevropa taomlarini topish mumkin.

Murojaat uchun telefon: (+998) 99−600−8811.

Manzil.


“La Terrasse”

Anhor boʻyida joylashgan ayvonli barda oqayotgan suvning ajoyib manzarasiga guvoh boʻlasiz. Shuningdek, 150 kishiga moʻljallangan yozgi terassa ham mavjud.

Ushbu havola orqali pab atmosferasi bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.

Murojaat uchun telefon: (+998) 90−984−3000.

Manzil.


“Nurafshon”

Qichqiriq kanali boʻyida joylashgan yana bir restoran “Nurafshon” mijozlar uchun milliy va Yevropa taomlarini taklif etadi.

Murojaat uchun telefonlar: (+998) 99−797−1414, (+998) 99−373−1414.

Manzil.


“Sultan Said”

“Sultan Said” restorani sharqona mehmondoʻstlik va har xil mamlakatlar oshxonasidan bahramand boʻlish imkonini beradi. Bundan tashqari, restoran oʻzining har xil aksiyalari bilan ham ajralib turadi.

Murojaat uchun telefonlar: (+998) 90−928−3311; (+998) 98−121−3311.

Manzil.


“Al-Aziz”

Bu restoranga tashrif buyurgan mijozlar mazali taomlardan tashqari jonli musiqa va favvoradan ham bahramand boʻlishi mumkin.

Murojaat uchun telefonlar: (+998) 71−235−7273; (+998) 71−235−0426.

Manzil.


“Registon”

Sharqiy Yevropa taomlari tortiq etiladigan ushbu restoran 250 oʻrinli yozgi terassa, banket zali va 70 oʻrinli kichik zalga ega. Dushanbadan shanbagacha soat 11:00 dan boshlab, restoranda “Samarqand oshi” tanovul qilish mumkin.

Murojaat uchun telefon: (+998) 97−773−5440.


“Seul Mun”

“Seul Mun” gastronomik markaz boʻlib, unda bir qator ovqatlanish maskanlari joylashgan. Bu yerdagi suv boʻyida fast-fuddan tortib, Yevropa taomlarigacha topishingiz mumkin.

Bundan tashqari, ushbu maskanda favvoralar shousini ham tomosha qilishingiz mumkin.

Manzil.

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ