Turk oshxonasi afsonasi: Toshkentdagi "CZN Burak Gurme" restorani

E’lon qilingan sana· 151
Turk oshxonasi afsonasi: Toshkentdagi "CZN Burak Gurme" restorani

Tanlangan taomga qarab, mehmonlar sharqona bayram muhitini yaratuvchi musiqiy dasturdan ham bahramand boʻlishlari mumkin: "Likopchalar raqsi" sizni befarq qoldirmaydi.

Oktyabr oyining oxirida yana bir mashhur joy paydo bo‘ldi: poytaxtda mashhur oshpaz-bloger Burak Burak Özdemir (Czn Burak) restorani ochildi. O‘sha betakror xarizmaga ega turk oshpazining samimiy tabassumi butun dunyo bo‘ylab millionlab tomoshabinlarni o‘ziga maftun etgan. Burak Özdemir nafaqat ulkan porsiyali ishtahaochar taomlari bilan, balki ularni tomoshabinlardan ko‘zini uzmay tayyorlashi bilan ham tanilgan. U tayyorlash jarayonini sehrli va o‘ziga xos bir tomoshaga aylantiradi.

Toshkentdagi birinchi va CZN tarmog‘idagi yettinchi “Burak Gurme” restorani Magic City bosh kirish yo‘lining chap tomonida ochildi. Uni koʻrmay qolishning iloji yoʻq — restoran oldida ulkan banner tushirilgan, “I love Burak” installyatsiyasiga koʻzingiz tushadi, kirish eshigi tepasida esa afsonaviy portret tasvirlangan lavha qad ko‘targan.

Restoranning kirish qismida mehmonlarni Burakning ulkan haykali kutib oladi. Zalning o‘zi keng va joylar ham yaxshi taqsimlangan. Stollar oldida o‘simliklar qoʻyilgan va mehmonlar uchun qulay masofada joylashtirilgan. Baland shiftlardan tortib yoritishgacha bo‘lgan barcha narsalar bir vaqtning o‘zida erkinlik va uyg‘unlik hissini uyg‘otadi. Iliq ob-havoda mehmonlar terrasada stol tanlashlari mumkin — u juda keng.

Taomnoma sakkiz tilda planshet shaklida taqdim etilgan bo‘lib, unda sho‘rvalar, muallif uslubida tayyorlangan yangi salatlar, donerlar, Sach tava, guruchli qo‘zi boldir go‘shti, belen tava kabi an’anaviy taomlar, 18 turdagi kabob, steyklar va pidelarni topish mumkin. Menyuda esdalik uchun suratga tushish yoki taklif qilingan qarindoshlaringizni hayratda qoldirish uchun ismli pide pozitsiyasi ham mavjud. Uning narxi 120 000 so‘mni tashkil etadi.

Biz tanlagan taomlar o‘zining mazasi bilan alohida zavq berdi. Tomat qaylasi ostidagi “Iskandar kabob"ning mayin va sersuv go‘sht bo‘laklari, qoʻy va mol goʻshtli pista kabob bulgur guruch bilan, hamda turk taomlarining boyligini va to‘yimliligini o‘zining yangiligi bilan muvozanatlaydigan yengil “Fatush” salat buyurtma qildik.

Har bir taomning tayyorlanishida oshpazlarning mahorati sezilib turadi — agar siz turk restoranlarining doimiy mehmonlaridan bo‘lsangiz, bu yer sizga albatta yoqadi. Tushlik sut shokoladli “San-Sebastyan” chizkeyki bilan yakunlandi.

Tanlangan taomga qarab, mehmonlar sharqona bayram muhitini yaratadigan likopchalarning mohirona musiqiy jo‘rligi bilan kuzatiladigan shov-shuvli taqdimotni tomosha qilishlari mumkin.

Narxlar:

  • fattush salati — 60 000;
  • pista kabob — 98 000;
  • maxsus Iskandar kabob — 97 000;
  • turk choyi — 10 000;
  • San-Sebastyan — 78 000.

15% xizmat haqi bilan hisob-kitob: 394 450 so‘m.

Vika Chmikhalova
Muallif va fotosuratchi
Vika Chmikhalova