O‘zbekistonda 1 porsiya palovning o‘rtacha narxi e’lon qilindi
Statistika agentligi dekabr oyida O‘zbekiston hududlarida bir porsiya palovning o‘rtacha narxi qanday boʻlganini e’lon qildi.
Agentlik maʼlumotlariga koʻra, eng qimmat palov Toshkentda. Uning narxi 35 700 so‘m. Eng arzon oshni esa Namangan viloyatida 22 200 so‘mga xarid qilish mumkin. 2024-yil dekabr oyida palovning o‘rtacha narxlari hududlar kesimida quyidagicha shakllantirilgan:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 25 700 so‘m;
- Andijon viloyati — 31 200 so‘m;
- Buxoro viloyati — 33 700 so‘m;
- Jizzax viloyati — 28 800 so‘m;
- Qashqadaryo viloyati — 30 700 so‘m;
- Navoiy viloyati — 26 800 so‘m;
- Namangan viloyati — 22 200 so‘m;
- Samarqand viloyati — 30 500 so‘m;
- Surxondaryo viloyati — 28 600 so‘m;
- Sirdaryo viloyati — 25 700 so‘m;
- Toshkent viloyati — 27 300 so‘m;
- Farg‘ona viloyati — 26 600 so‘m;
- Xorazm viloyati — 30 900 so‘m.
Ma’lumot uchun, ushbu statistik ma’lumotlarni shakllantirish jarayonida faqat tanlangan umumiy ovqatlanish maskanlaridagi (palov markazlari) palovning o‘rtacha narxlari hisobga olindi. Restoran va choyxonalardagi narxlar hisobga olinmagan.
Spot tahririyati hisob-kitoblariga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekistonda palovning o‘rtacha narxi 15,6 foizga oshgan. Andijon viloyatida oshning bir porsiyasi narxi 2023-yilga nisbatan deyarli 29 foizga, 24 000 soʻmdan 31 200 soʻmga oshgan va bu eng baland koʻrsatkich hisoblanadi. Shuningdek, Farg‘ona viloyati (+23,7%) va Toshkent shahri (+20,2%) o‘sish bo‘yicha kuchli uchlikka kirgan.