Bellissimo Pizza: xodimlariga o‘sish va rivojlanishga qay tarzda yordam bermoqda

E’lon qilingan sana· 314
Bellissimo Pizza: xodimlariga o‘sish va rivojlanishga qay tarzda yordam bermoqda

Bellissimo Pizza xodimlari o‘z ish tajribalari, qiziqashlari va imkoniyatlari bilan bo‘lishdi.

Agar Bellissimo Pizza logotipi so‘zlay olganida bormi, u “Bu yerda o‘z ishini astoydil sevadigan insonlar ishlaydi”, degan bo‘lar edi. Ramzdagi yurak — bu shunchaki timsol emas, balki kompaniya ichida kasb yo‘liga (karyeraga) asos solinishi, uning qurilishi aksidir. Bu yerda ish — vazifalarni mexanik tarzda bajarish emas, u o‘sish, ko‘mak hamda qo‘llov topish va kun kelib, o‘z o‘rnida ekanligini anglab yetish.

Kim uchundir Bellissimo Pizza — ilk mehnat dargohi, kim uchundir esa tajriba to‘plash usuli, shu bilan birga, bu yerga tasodifan kelib, jamoaning bir qismiga aylanib, ko‘p vaqt birga qolganlar ham bor. Bu yerda odatdagi filialdan ishni boshlab, bir necha yil ichidayoq ofisga o‘tish hamda hatto bo‘limni boshqarish yoki yangi kasbning boshini tutish ham mumkin.

Ish kasb yo‘liga aylanganda

Kumush Roziqulova ikki yil oldin Bellissimo Pizza’ga ishga joylashganida, bu uning professional kasb yo‘li boshlanishi ekanini xayoliga ham keltirmagan.

“Men ishimni vazifalarga to‘lib-toshgan 1-iyun — Bolalarni himoya qilish kunidan „Aviasozlar“ restoranidan boshlaganman. O‘ziyam haqiqiy sinov bo‘lgandi: sanoqsiz buyurtmalar, jamoaning birdamlikda tartib bilan ishlashi, shiddatli va tezkor jarayon. Shunda, birinchi kunning o‘zidayoq bu yerda shunchaki bemalol dam olib o‘tirish imkonsizligini tushunib yetganman. Bu yerda ishga tezda kirishib ketish va o‘rganishga doim tayyorlik talab etiladigan jo‘shqin muhit hukmron”, — dedi Kumush Roziqulova.

Kumush pitseriyada amaliyotchi sifatida ishni boshlab, asta-sekin universal oshpazlik mahoratini egalladi. So‘ngra imtihonni muvaffaqiyatli topshirib, audit bo‘limiga o‘tishga erishdi.

Kumush Roziqulova aytishicha, Bellissimo Pizza’da jamoa hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ularning orasida bir-birini qo‘llab-quvvatlash an’anaga aylangan. Agar kimda o‘rganish istagi boʻlsa, doimo yordam bera oladigan ustoz topiladi. Uning ustozisi audit bo‘limi boshlig‘i bo‘lib, u unga ko‘plab muhim kasbiy ko‘nikmalarni o‘rgatgan.

Hozirga kelib Kumush butun tarmoq bo‘ylab auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazadi va kompaniyadagi biznes jarayonlarni tahlil qiladi.

Bellissimo Pizza shunchaki ish emas, balki o‘sish imkoniyatini taqdim etadi. Bu yerda tashabbuskor bo‘lish, mas’uliyatni olish va ishingni sevish juda muhim.

Koll markazi operatoridan bo‘lim boshlig‘i darajasigacha

Bahodir To‘rayev Bellissimo Pizza’ga 2018-yilda yozgi daromad topish uchun o‘tgan va o‘sha paytlarni shunday eslaydi:

“Talabalik paytlarim edi va vaqtincha ish qidirib yurgandim. Shu vaqtlar kompaniyaning bor-yo‘g‘i uchta filiali bo‘lib, pitsaxonalar endigina mashhurlikka erishayotgandi. Men Koll markazi operatori sifatida ishga joylashdim, lekin ilk kunlardan bu kompaniyada kattaroq maqsadlarning ham uddasidan chiqish mumkinligini tushunib yetdim”.

Bahodir o‘z vazifasini bajaribgina qolmay, tashabbuskorlik ko‘rsatib, jarayonlarni chuqurroq tushunishga intilardi. Ko‘p o‘tmay u kechki smena boshqaruvchisi bo‘ldi, bir yildan so‘ng esa yetkazib berish bo‘limiga rahbarlik qila boshladi.

Bellissimo Pizza mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor insonlarni qadrlaydi. U har doim ishni maksimal darajada qilish zarurligiga ishonadi, natijada kompaniya faxrlanadigan yetkazib berish tizimini yaratdi.

Bahodir To‘rayev 2019-yilda jamoaning faoliyati eng esda qolarli voqea bo‘lganini xotirlaydi.

Bahodir To‘rayev O‘zbekistondagi eng katta pitsani tayyorlash orqali har bir xodimning ahamiyatini, o‘z o‘rnini to‘g‘ri anglagan. Yoshlar ko‘nikmasiz rahbarlik lavozimiga o‘tishni xohlaydi, lekin bu yerda o‘sish uchun o‘qish va mehnat qilish shart.

Bahodir Bellissimo Pizza o‘sish uchun ulkan imkoniyatlar berishini va chin dildan ahd qilganlargina ulardan foydalanishi mumkin deb hisoblaydi.

Ish kasb sifatida shakllanganda

Yusufmuhammad Irisov kompaniyaga koll markaz operatori lavozimiga kelgan, ammo tez orada AT sohasi o‘zini ko‘proq jalb etayotganini anglagan.

“Bellissimo Pizza’da tashabbuskor xodimlarni doim qo‘llab-quvvatlab kelishadi. Agar siz yangi yo‘nalishda rivojlanmoqchi bo‘lsangiz, hech kim „Bu sening sohang emas“ demaydi. Aksincha, hamkasblar yordamlashadi, o‘qib-o‘rganish imkoniyatini berishadi”, — dedi Yusufmuhammad Irisov.

Shunday qilib, Yusufmuhammad Irisov bir necha oylik ishdan keyin AT bo‘limiga o‘tdi va vaqt o‘tib, yetakchi mutaxassis darajasigacha ko‘tarildi.

Yusufmuhammad Irisov aytishicha, boshida ish qiyin kechdi, lekin yordamga tayyor insonlar doim yonida bo‘ldilar. Murabbiylar va hamkasblar barcha jarayonlarni tushuntirib, o‘qitib, qo‘llab-quvvatlashdi. Unga doimo yordam berish va ko‘maklashish uchun tayyor odamlar mavjud edi.

Bugunga kelib, Yusufmuhammad kompaniya AT infratuzilmasi bilan shug‘ullanib keladi, yangi texnologiyalarni tatbiq etadi.

Ishni shunchaki bajarish emas, rivojlanish muhimligini anglagan. Bellissimo Pizza esa, agar xohishi bo‘lsa, o‘sish imkoniyatlari uchun ajoyib joydir. Yusufmuhammad bu yerda nafaqat ish olib borish, balki yangi yutuqlarga erishish va oʻzini rivojlantirish mumkinligini tushungan.

Nega yosh mutaxassislar Bellissimo Pizza’ni tanlaydilar

Ko‘plab kompaniyalarda xodimlar ishni shunchaki daromad manbai deb bilishadi, ammo Bellissimo Pizza’da yondashuv butunlay boshqacha. Bu yerda rivojlanish, o‘zaro yordam va o‘sishga intilish muhim ahamiyatga ega bo‘lgan jamoa shakllanmoqda.

Asosiy o‘ziga xoslik — ustoz-shogird tizimi. Tajribali xodimlar yangi kelgan xodimlarga moslashishda, ko‘nikmalarni egallashda va rivojlanishda yordam beradi. Shu tufayli bu yerda nafaqat tajriba orttirish, balki amaliyotchidan rahbargacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tib, kasb yo‘lini qurish imkoniyati mavjud.

Bellissimo Pizza nafaqat barqaror ish topish mumkin bo‘lgan joyga, balki o‘z iqtidoringizni namoyon qilish imkoniyatiga ega bo‘ladigan maskanga aylanmoqda. Bu yerda o‘sish uchun sharoit yaratilgan bo‘lib, o‘rganishga tayyor bo‘lganlar rivojlanish uchun barcha imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.

14-fevral — ko‘pchilik sevgi-muhabbat haqida gapirishga odatlangan kun. Ammo muhabbat — bu faqatgina ishq munosabatlari emasi. Tub ma’no-mazmunini anglab, his etilgan ish aslida muhabbatdir. Xodimlarning hikoyalarini o‘qish orqali ushbu muhabbatni Bellissimo Pizza’dan topish shubhasiz.

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling