Iftorlik 2025: Toshkent restoranlari va kafelaridan qiziqarli takliflar

E’lon qilingan sana· 754
Iftorlik 2025: Toshkent restoranlari va kafelaridan qiziqarli takliflar

Ramazon oyida koʻplab restoran va kafelar maxsus menyular yoki toʻplamlarni taklif qiladi, ba’zilari esa chegirmadagi narxlarni e’lon qiladi. Albatta, ramazon oyidagi iftorliklarni oila davrasida qilgan yaxshi. Lekin sizda bunga imkon boʻlmasa, Afisha.uz poytaxtda iftorlik qilish mumkin boʻlgan joylar toʻplamini taklif etadi.


A-Ristorante

Ovqatlanish maskanida tashrif buyuruvchilar uchun iftorlik menyusi tayyorlanadi. Ularning narxi — 99 000 so‘m hisoblanadi.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 99−110−0990


Bellissimo

Oʻzbekistondagi mashhur pitsa brendlaridan biri boʻlgan “Belissimo” ham oʻz mijozlariga iftorlik uchun kombolar tayyorladi.

  • 1-kombo: 20 smli pepperoni pitsasi, 3 ta strips, kartoshka fri, xurmo — 49 000 so‘m;
  • 2-kombo: chedder-donar va pishloqli 25 smli ikkita pitsa, 5 ta strips, 8 ta sinnamon-roll, xurmo va 1 litr suv — 129 000 so‘m;
  • 3-kombo: “cheddar-donor,” “pepperoni” va “pishloqli” 25 smli 3 ta pitsa, 1 litr sharbat, xurmo — 159 000 so‘m.

Murojaat uchun telefon raqami: 1174


Bosphorus

Ushbu restoranda mehmonlar uchun iftorlik menyusi tayyorlangan bo‘lib, u bir kishi uchun 150 000 so‘mlik gazaklar to‘plami va 20 ta variantdan tanlab olish mumkin boʻlgan asosiy taomni o‘z ichiga oladi.

Asosiy taomlar narxi 110 000 soʻmdan 185 000 soʻmgacha.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 95−621−2121.


Broccoli Park

Borccoli Park kafesi roʻzadorlar uchun muvozanatni saqlaydigan taomlardan iborat uchta to‘plam tayyorlagan. Shuningdek, ularni oldindan buyurtma qilish ham mumkin.

  • 1-set: olivye salati, borsh, mol go‘shtidan kotletlar va pyure, suv, xurmo, mini-patir, holva — 120 000 soʻm;
  • 2-set: sezar salati, mastava, qo‘y go‘shtidan kabob, suv, xurmo, mini-patir, holva — 120 000 soʻm;
  • 3-set: yangi sabzavotlardan salat, sho‘rva, yangi kartoshkalar va tabaka, suv, xurmo, mini-patir, holva — 120 000 soʻm.

Shuningdek, ushbu havola orqali toʻliq menyu bilan ham tanishib chiqish mumkin.

Murojaat uchun telefon raqamlari: (+998) 95−501−1010, (+998) 95−602−1010.


Burger Embassy

Burger Embassy kafesi oʻzining ramazon oyi uchun moʻljallangan setlarini e’lon qildi. Bu setlarga suv, sous, kompot va xurmolar sovgʻa sifatida qoʻshib beriladi.

Narxlar:

  • New Zealand Ramadan Combo — 69 000 soʻm;
  • Kentucky Duo Ramadan Combo — 138 000 soʻm;

Bundan tashqari, ushbu havola orqali kafening toʻliq menyusi bilan tanishish mumkin.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 78−113−0773.


City 21

Hilton mehmonxonasining 21-qavatida joylashgan City 21 kafesi ham iftorlik uchun moʻljallangan setni e’lon qildi.

Set-menyudan quyidagilar oʻrin olgan:

  • pishloq va suzma oʻrin olgan sabzavotlar tarelkasi;
  • nisholda, qaymoq, xurmo, pista holva, zaytun;

Salatlar:

  • yashil salat (salat bargi, kabachki, brokkoli va bodring);
  • cherri va baqlajonli salat;
  • tunesli nisuaz salati;

Issiq gazaklar:

  • somsa seti (mol goʻshtidan / oshqovoqdan);
  • Baffalo tovuq qanotlari;
  • mol goʻshtidan tako;

Suyuq ovqatlar:

  • yasmiq shoʻrva;
  • minestrone shoʻrva;
  • kokos va tovuqli shoʻrva;

Asosiy taomlar:

  • shirin-nordon sousli tovuq;
  • sabzavotlar va mol goʻshtidan medalyonlar;
  • kaper sousi qoʻshilgan dorado baligʻi;

Desert:

  • muzqaymoqli va xurmoli keks.

Set-menyu narxi bir kishi uchun 550 000 soʻmni tashkil qiladi.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 71−210−8906.


Evos

Evos fast-food kafesi iftorlik uchun tovuq va mol goʻshti solingan iftor-kofte va iftor-strips setlarini taklif etadi. Shuningdek, setlardan guruch, salat, sous va lavash xamiri ham oʻrin olgan.

Narxlar:

  • iftor-kofte — 50 000 soʻm;
  • iftor-strips — 47 000 soʻm.

Bundan tashqari, set tarkibidan suv, xurmo va pepsi ham oʻrin olgan. Toʻliq menyu ushbu havola da keltirilgan.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 71−203−1212.


KFC

KFC fast-fudlar tarmogʻi ramazon oyi uchun oʻzining 28 foizgacha chegirma boʻlgan ikkita setini taqdim etadi. Unga koʻra:

  • iftor seti: shefburger, 2ta strips, standart kartoshka fri, donat va 0,4 litrlik istalgan ichimlik — 55 000 soʻm;
  • ramazon seti: 5 ta strips, 2 ta achchiq qanot, baytslar, 1 ta oyoq, basket fri, 4 ta sous, 0,5 litrlik 4 ta istalgan ichimlik — 185 000 soʻm.

Bundan tashqari, ushbu havola orqali toʻliq menyu bilan ham tanishib chiqish mumkin.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 78−129−7000.


Khiva

Hyatt House Gebze bosh oshpazi Yavuz Temür an’anaviy va mualliflik turk taomlarini birlashtirgan bufet menyusini taqdim etadi.

Bufet menyusiga milliy taomlar ham kiradi:

  • dumg‘aza — bug‘da pishirilgan yumshoq go‘sht;
  • an’anaviy palov;
  • kabob assortimenti — ko‘mirda pishirilgan saralangan go‘sht.

Iftorlik menyusi narxi: bir kishi uchun 500 000 so‘m.

Murojaat uchun telefon narxi: (+998) 99−840−4044.


Köşebaşı

Yana bir turk restorani Köşebaşı to‘rt kishilik iftorlik to‘plamlarini taklif qiladi. Shuningdek, ushbu restoranning toʻliq menyusi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Ularning narxi: bir kishi uchun 240 000 so‘m.

Murojaat uchun telefon raqablari: (+998) 77−276−7070, (+998) 95−300−7070


N’Omad

InterContinental mehmonxonasida joylashgan N’omad restoranida mehmonlar uchun iftorlik menyulari tayyorlangan. Set-menyular narxi bir kishi uchun 380 000 so‘mni tashkil qiladi.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 55−504−4444.


Oqtepa Lavash

Oqtepa lavash uch xil iftorlik setlarini taklif qiladi.

  • 1-set: shaurma, kartoshka fri, naggetslar, ichimlik, xurmo, sous;
  • 2-sen: longer, kartoshka fri, naggetslar, ichimlik, xurmo, sous;
  • 3-set: gamburger, kartoshka fri, naggetslar, ichimlik, xurmo, sous;

Setlar narxi — 60 000 soʻm.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 95−501−1010, (+998) 95−602−1010.


Papa Johns

Yana bir pitsa brendi Papa Johns ramazon oyi uchun bir kishilik porsiyalardan boshlab oila va doʻstlar uchun katta setlargacha taklif qiladi.

  • 1-kombo: chizstiklar va tanlovga koʻra tovuq qanotlari — 75 000 soʻm;
  • 2-kombo: pitsa (25 sm), tanlovga koʻra tovuq qanotlari, xurmoli skrollar — 120 000 soʻm;
  • 3-kombo: pitsa (30 sm), tanlovga koʻra tovuq qanotlari, xurmoli skrollar — 150 000 soʻm;
  • 4-kombo: 2 ta pitsa (30 sm), tanlovga koʻra tovuq qanotlari, kartoshka fri, xurmoli skrollar — 220 000 soʻm;
  • 5-kombo: 2 ta pitsa (35 sm), tanlovga koʻra tovuq qanotlari, kartoshka fri, xurmoli skrollar — 270 000 soʻm;

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 78−140−7272.


Paul

Fransuz taomlari tayyorlanadigan Paul kafesida iftorlik uchun sharqona shirinliklar tayyorlandi.

  • 570 000 so‘mlik katta set — paxlava va xurmo to‘plami yoki rezavor mevalar va pista holva;
  • o‘rtacha set — paxlava assortimenti 185 000 so‘mdan, pista holva va xurmo 255 000 so‘mdan, rezavor mevalar va pista holva 225 000 so‘mdan.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 88−167−1889.


Prime Restaurant

Restoran mehmonlar uchun 395 000 so‘mga ikki kishilik va 595 000 so‘mga to‘rt kishilik maxsus iftorlik to‘plamlarini taklif etadi. Bundan tashqari, restoranning toʻliq menyusini ushbu havola dan topish mumkin.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 99−188−1515.


Ribambelle

Restoran mehmonlarga quyidagi iftorlik setlarini taklif qiladi:

  • tovuq go‘shtidan tayyorlangan kotlet va guruchli iftorlik to‘plami: tovuq go‘shtidan tayyorlangan kotlet, sabzavotli yapon guruchi, bodring, pomidor, tovuq go‘shti, zaytun yog‘i, konfi piyozi, smetana, uy noni, xurmo — 155 000 so‘m;
  • mol go‘shtidan bifshteksli iftorlik to‘plami: mol go‘shtidan kotlet, kartoshka pyuresi, tovuq tuxumi, bodring, ko‘katlar, smetana va baqlajon surtmasi, uy noni, xurmo — 175 000 so‘m;
  • “O‘rta yer dengizi” iftorlik to‘plami: losos, penne pastasi, cherri pomidori, ismaloq, qaymoq, dor-blyu pishlog‘i, baliq sousi, xumus, nori o‘ti, brokkoli, kunjut sousi, lososdan tayyorlangan riyet, uy noni, xurmo — 195 000 so‘m;
  • “shefdan dasturxon”: xumus, smetana va baqlajon surtmasi, losos balig‘idan tayyorlangan riyet, guakamole sousi, quritilgan cherri pomidori, quymoqlar, maskarpone kremi, konservalangan mango, rezavor konfisi, tobiko ikrasi, xurmo, uy noni — 360 000 so‘m.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 78−113−6404.


Stories City va Franklin’s

AQShning janubiy shtatlari oshxonasi taomlarini taqdim etadigan Franklin’s kafesi va Stories City ovqatlanish maskani ramazon uchun iftorlik setlarini e’lon qildi.

  • Franklin’s seti: “Sezar” salati, tovuq sho‘rva, mini-burger — 120 000 so‘m;
  • Stories seti: “Grek” salati, pomidor sho‘rva, adjarcha xachapuri — 120 000 so‘m;
  • “Janubiy” seti: “Nachos” sho‘rvasi, kovboy ikrasi, tovuq kesadilya — 120 000 so‘m;
  • “Vegan” seti: “Grins” salati, yasmiq sho‘rva, “Veji” burgerlari — 100 000 so‘m.

Murojaat uchun telefon raqamlari: (+998) 99−804−4848.


Sıralı Kebap

Turk taomlarini tayyorlovchi “Sıralı Kebap” restorani ramazon oyi uchun ikki xil menyu tayyorladi.

Iftor menyularidan assorti, shoʻrva, gazaklar, salat, issiq gazaklar, asosiy taom, desert va ichimliklar oʻrin olgan.

Bir kishi uchun iftor menyusining narxi — 300 000 soʻm.

Murojaat uchun telefon raqamlari: (+998) 955−55−3333


Sultan Suleyman

“Sultan Suleyman” restorani ham iftorlikka taklif etadi. Mehmonlarga quritilgan mevalar, nisholda, non va suvdan iborat maxsus, bepul iftorlik seti tortiq etiladi.

Ushbu havola da restoranning toʻliq menyusi keltirilgan.

Murojaat uchun telefon raqamlari: (+998) 90−902−8000, (+998) 71−266−5040.


Tumbler

Hilton mehmonxonasida joylashgan yana bir restoran Tumbler ham sharqona va milliy taomlar ta’mi bilan boyitilgan iftorlik menyusini taklif qiladi.

Menyu har kuni yangilanadi va Ramazon oyidagi maxsus kechki ovqat uchun mezze, salat, quritilgan mevalar, zaytun, issiq gazaklar, sho‘rva, asosiy taom, shirinlik va mevalarni o‘z ichiga oladi.

Narxi: bir kishi uchun 400 000 so‘m.

Ushbu havola orqali restoranning toʻliq menyusi bilan tanishish mumkin.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 94−940−4001.


Quadro

Quadro kafesida iftor setlarga qoʻshimcha tarzda ikkita kulcha, suv, limonad, yong‘oqlar, xurmolar, uy sharoitida tayyorlangan murabbo va smetana beriladi. Shuningdek, taomlarning keng tanlovi yordamida ta’bga mos to‘plamni yigʻish mumkin.

Setlar narxi:

  • yashil salat va joʻjali shoʻrva — 180 000 soʻm;
  • joʻjali shoʻrva va brokkoli hamda tovuq soni — 250 000 soʻm;
  • tovuqli salat va mol qovurgʻasi — 250 000 soʻm;
  • tovuqli salat, mol goʻshti va sabzavotli shoʻrva, brokkoli hamda tovuq soni — 270 000 soʻm;
  • goʻsht va baqlajonli salat, joʻjali shoʻrva, Kacho e Pepe pastasi — 270 000 soʻm;
  • yashil salat, joʻjali shoʻrva, brokkoli hamda tovuq soni — 270 000 soʻm.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 78−113−1338.


Shashleek

To‘rt kishiga mo‘ljallangan to‘plamda to‘rtta go‘sht va ko‘katli somsa, to‘rtta mastava, ikkita qaymoq, sumalak, xurmo, xumus va muhammara, ikkita kichik go‘shtli patir, strachatella pomidori, ekzotik mevalar aralashmasi, to‘rt shisha suv, bir litr mango-marakuyya limonadi mavjud.

Iftor setlari narxi:

  • to‘rt kishi uchun — 1 100 000 so‘m;
  • ikki kishi uchun — 600 000 so‘m.

Murojaat uchun telefon raqamlari: (+998) 88−121−0111, (+998) 884−0111


Wendy’s

Wendy`s fastfood restorani saharlik va iftorlik uchun maxsus setlarni taklif qiladi. Bundan tashqari, maxsus Ramazon setlar xurmo va suvni ham oʻz ichiga oladi.

Narxlar:

  • tovuqli set: tovuqli burger, fri kartoshkasi, naggetslar, 0,3 litrlik ichimlik, amerikancha pechenye va xurmo — 60 000 soʻm;
  • goʻshtli set: Wendy’s Burger, maxsus tost, fri kartoshkasi, 0,3 litrlik ichimlik, amerikancha pechenye va xurmo — 70 000 soʻm;
  • family 1 seti: 4 ta Wendy’s Burger, fri kartoshkasi, oʻrama fri kartoshkasi, tovuqli tenderlar, piyozli halqalar, 0,3 litrlik ichimlik, ketchup va mayonez, xurmo — 180 000 soʻm;
  • family 2 seti: tanlovga koʻra 4 ta klassik yoki tovuqli burger, fri kartoshkasi, oʻrama fri kartoshkasi, tovuqli tenderlar, piyozli halqalar, 0,3 litrlik ichimlik, ketchup va mayonez, xurmo — 230 000 soʻm.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 99−519−0111.


Zinaida

Tashrif buyuruvchilar uchun ovqatlanish maskanida har xil iftor setlari mavjud.

  • 1-set: “Grek” salati, tovuq sho‘rva, tovuq sonlari, kartoshka, smetana va ko‘katlar bilan dimlangan goʻsht — 260 000 so‘m;
  • 2-set: pomidor va qizil piyozli salat, solyanka, murchli qiyma va pyure — 260 000 so‘m;
  • 3-set: “tabule” salati, borsh, qo‘zichoq karesi — 290 000 so‘m;
  • 4-set: “vinegret” salati, tovuq sho‘rva, rizottoli sudak steyki — 290 000 so‘m.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 91−800−0061.


Zira cafe

Ramazon oyi munosabati bilan Zira kafesida iftorlik setlari e’lon qilindi, uning tarkibiga xurmo, yasmiqli sho‘rva, guruchli lo‘la kabob, yengil salat va non kiradi. Yetkazib berish boʻyicha buyurtmalarga bir shisha suv ham qo‘shiladi.

Iftorlik setining narxi — 150 000 so‘m.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 78−333−5515.

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling