Ember & Embar — tor doirada mashhur boʻlgan maxfiy restoran

E’lon qilingan sana· 91
Ember & Embar — tor doirada mashhur boʻlgan maxfiy restoran

InterContinental Tashkent mehmonxonasining 17-qavatida Ember restorani ochildi. Bu ochiq oshxona, jonli musiqa va shahar manzarasiga ega bo‘lgan kamerali gastronomik makon.

Shaharning qoq markazida, har bir detali puxta o‘ylangan joyda gastronomik marvarid — InterContinental Tashkent mehmonxonasining 17-qavatida joylashgan Ember restorani yashiringan. Bu shunchaki ovqatlanish joyi emas — bu ta’m, muhit va “sokinlik shukuhi” hukmronlik qiladigan hudud.

Ember’ga faqat kechki ovqat uchun tashrif buyurishmaydi. Bu yerga yangi hissiyotlar uchun kelishadi. Ochiq oshxona, jonli musiqa, mualliflik kokteyllari va zamonaviy Yevropa hamda Osiyo taomlaridan ilhomlangan menyu — har bir lahza estetikasini qadrlaydiganlar uchun maxsus yaratilgan.

Aytishlaricha, qo‘shni stoldagi odamlar orasida mashhurlarni, brend elchilarini va “shaharni o‘zgartirayotganlarni” uchratish mumkin ekan. Biroq eng muhimi — bu yerda har kim o‘zini qulay his qiladi. Ayniqsa, hayp emas, balki odatiy hayot tarzini izlayotganlar uchun ayni muddao.

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling