Toshkentning burger xaritasi: top-11 ta joy

E’lon qilingan sana· 148
Toshkentning burger xaritasi: top-11 ta joy

“Bilasanmi pishloqli chorak funtli burger Parijda qanday ataladi? Ular buni „pishloqli Royal“ deb atashadi”. Afsonaviy rejissyor Kventin Tarantinoning “Pulp Fiction” kinokartinasida yangragan ushbu mashhur soʻzlardan keyin odamlarda burgerlar yeyishga boʻlgan ishtiyoq yanada ortgan.

Hozirgi kunda Toshkent ham turli xildagi burgerlarga mezbon boʻlgan. Poytaxtdagi kafe va restoranlarda turli hajmdagi, har xil uslubda pishiriladigan burgerlarni tatib koʻrish mumkin. Afisha.uz ushbu jamlanmada mana shunda ovqatlanish maskanlaridan 11 tasini bir yerga toʻpladi.


Black Star Burger

Xalqaro brend hisoblangan “Black Star Burger"ning Toshkent shahrida ham bir nechta filiallari ochilgan. Unda premium burgerlarni va boshqa taomlarni tatib koʻrish mumkin.

Narxlar:

  • setlar — 85 000 soʻmdan 159 000 soʻmgacha;
  • klassik burgerlar — 49 000 soʻmdan 61 000 soʻmgacha;
  • eksklyuziv burgerlar — 65 000 soʻmdan 103 000 soʻmgacha;
  • smesh burgerlar — 57 000 soʻmdan 59 000 soʻmgacha;

Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Manzillar:

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 99−900−6006.


Burger Embassy

Burgerlar haqida gap ketganda koʻpchilik klassik uslubda tayyorlanadigan amerikancha taomni tushunadi. Ammo u turli hududlarda evolyutsiyalarga uchragan. Ushbu taomlanish maskanida har xil davlatlar burgerlarini tatib koʻrish mumkin.

Narxlar:

  • Kanada tovuqli burgeri — 35 000 soʻm;
  • New York burger — 46 000 soʻm;
  • Braziliya tovuqli burgeri — 48 000 soʻm;
  • Afrika burgeri — 63 000 soʻm;
  • setlar — 62 000 soʻmdan 74 000 soʻmgacha.

Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Manzillar:

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 78−113−0773.


BBQ Burger

Bu har xil oʻlchamdagi steyk va barbekyu burgerlarni tatib koʻrish uchun ayni muddao boʻladigan taomlanish maskanlaridan biri hisoblanadi.

Narxlar:

  • steyk burger — 58 000 soʻm;
  • maxsus steyk burger — 61 000 soʻm;
  • barbekyu burger — 35 000 soʻm;
  • dabl barbekyu burger — 44 000 soʻm;
  • tovuqli burger — 28 000 soʻm.

Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Manzillar:

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 71−200−6262.


Burger and Lounge

Amerika va Yevropa oshxonalariga ixtisoslashgan ushbu manzilda nafaqat turli burgerlar, balki steyklar va brisketlarni ham tatib koʻrish mumkin.

Narxlar:

  • hosper burger — 77 000 soʻm;
  • mol goʻshtli burger — 60 000 soʻm;
  • dabl burger — 93 000 soʻm;
  • steyk burger — 100 000 soʻm;
  • tovuqli steyk burger — 64 000 soʻm.

Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Manzil.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 97−411−2022.


Franklin’s

Bu yerda asosan Amerika janubiy shtatlarining oshxonasidan oʻrin olgan taomlar tayyorlanadi. Burgerlarning nomi ham Texas va vestern filmlarni eslatadi.

Narxlar:

  • veyji burger — 50 000 soʻm;
  • keyjn burger — 56 000 soʻm;
  • brisket burger — 72 000 soʻm;
  • spaysi burger — 69 000 soʻm;
  • Franklin’s burger — 95 000 soʻm.

Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Manzil.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 99−804−4848.


Gōsht

Oʻz nomi bilan ham goʻshtga ixtisoslashgani bilinib turgan restoranlar tarmogʻi boshqa ovqatlari qatori burgerlari bilan ham maqtana oladi.

Narxlar:

  • goʻsht burger — 104 000 soʻm;
  • vegan burger — 69 000 soʻm;
  • klassik burger — 83 000 soʻm;
  • klassik pishloqli burger — 90 000 soʻm;
  • qoʻzichoqlar sukunati burger — 110 000 soʻm.

Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Manzillar:

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 97−130−8800.


Street Burger

Street Burger kafesi Toshkent shahrida 2009-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Bu yerda taomlar ham, kafening interyeri ham haqiqiy koʻcha va fast-fudlar vaybini bera oladi.

Narxlar:

  • chizburger — 50 000 soʻm;
  • bigburger — 72 000 soʻm;
  • pishloqli bigburger — 80 000 soʻm;
  • chikenburger — 37 000 soʻm;
  • pishloqli chikenburger — 41 000 soʻm.

Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Manzil.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 71−232−2227.


The Burger

Bu yerga bemalol ta’mdan zavq olish mumkin. Restoranning Qoʻqon shahrida filiali ham mavjud. Shuningdek, Qozogʻiston va BAAda ham filiallar ochilishi rejalashtirilmoqda.

Narxlar:

  • tryufel — 70 000 soʻm;
  • avokado — 70 000 soʻm;
  • klassik — 65 000 soʻm;
  • onion — 65 000 soʻm;
  • original — 65 000 soʻm.

Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Manzillar:

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 77−977−7777.


Qamish Xorazm burger

Xorazm qamish burgerini bemalol omadli adaptatsiya qilingan milliy mahsulot deyish mumkin. Klassik burgerlardan zerikkan va milliylikni xohlaydiganlar uchun ayni muddao.

Narxlar:

  • kichik burger — 22 000 soʻm;
  • katta burger — 44 000 soʻm;
  • qoʻshimchalar — 4000 soʻm.

Manzillar:

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 94−617−5557.


Wendy’s

Jahon burgerlar brendi boʻlgan Wendy’s tezkor tayyorlanuvchi taomlar tarmogʻi bir necha yil oldin Oʻzbekistonga kirib kelgan boʻlsa ham hozirda koʻplab filiallarini ochgan.

Narxlar:

  • gamburger — 20 000 soʻm;
  • chizburger — 23 000 / 38 000 soʻm;
  • chizburger de lyuks — 30 000 soʻm;
  • bif chizburger — 30 000 soʻm;
  • tovuqli burger — 30 000 soʻm.

Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Manzillar.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 99−519−0111.


“Шеф Бургер”

Ushbu ovqatlanish maskanlari filiali burgerlarga asoslangan boʻlsa-da, alohida nonushtalarni ham, katta setlarni ham topish mumkin.

Narxlar:

  • shef tryufel — 69 000 soʻm;
  • marivanna — 55 000 soʻm;
  • Jo Blek — 60 000 soʻm;
  • gamburger — 500 000 soʻm;
  • chizburger — 55 000 soʻm.

Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Manzillar:

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 78−150−1222.

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Toshkentning burger xaritasi: top-11 ta joy — Toshkent Afishasi