Kafe va kreativ: Toshkentda frilanserlar ishlashi uchun 10 ta joy – 2025

Zamonaviy ish jarayoni faqat ofis bilan cheklanib qolmaydi — noutbuk, internet va qulay atmosfera yetarli. Ko‘pchilik frilanserlar uy sharoitida yoki kovorkinglarda ishlashdan tashqari, ish unumdorligini oshirish uchun kafelarga yo‘l oladi.
Yaqinlashayotgan kuzning go‘zal manzarasi va bir finjon issiq qahva bilan sokin muhitda ishlash uchun uzoqqa borish shart emas. Afisha.uz siz uchun aynan shunday ijodiy kayfiyat ulashuvchi va ishga ilhom bagʻishlovchi kafelarni jamladi.
Dosan
Ish vaqti: ish kunlari —
Koreys estetikasiga xos minimalizm, yorug‘ interyer va sokin atmosfera bu yerda noutbuk bilan ishlash uchun qulay sharoit yaratadi. Stol va rozetkalar yetarli, bepul wi-fi, yengil fon musiqasi esa sizni ishdan chalg‘itmaydi. Menyuda noyob koreys desertlari, matcha va turli xil ichimliklar mavjud. Ushbu havola orqali toʻliq menyu bilan tanishishingiz mumkin.
Рассвет
Ish vaqti: ish kunlari —
“Рассвет” odatiy kafelardan bo‘lsa ham, undagi muhit ishlash uchun juda qulay. Bepul Wi-Fi va gadjetlarni quvvatlash imkoniyati mavjud. Eng yoqimli jihatlaridan biri — bu kafe “pet friendly”, ya’ni uy hayvoningiz bilan ham bemalol tashrif buyurishingiz mumkin. Menyuda nonushta, tushlik va kechki ovqat uchun mo‘ljallangan taomlar, turli desertlar hamda qahvalar bor. Menyu bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
Manzil: Chimkent koʻchasi, 17.
The Coffee Belt
Ish vaqti: 07:00−23:00 (dam olish kunlarisiz).
Qulay lokatsiya va zamonaviy interyeri bilan The Coffee Belt — yakka holda noutbukda ishlash yoki jamoadoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish uchun ham yaxshi maskan. Minimalistik dizayn va yorug‘ muhit bu yerda vaqtni samarali va maroqli o‘tkazishga yordam beradi. Qahva ixlosmandlari uchun menyuda klassik espresso va kapuchinodan tortib, mavsumiy maxsus ichimliklargacha mavjud. Yozning iliq kunlarida esa mehmonlar koreys muzqaymog‘i — pingsudan bahramand bo‘ladi. Ushbu havola orqali toʻliq menyu bilan tanishish mumkin.
Manzil: Oybek koʻchasi, 12.
Costa Coffee
Ish vaqti filiallarga qarab farqlanadi — jadval.
Dunyoning eng yirik qahvaxonalar tarmoqlaridan biri bo‘lgan Costa Coffee zamonaviy va qulay interyer, tinch atmosferasi hamda shahar markazida joylashgani sababli ish uchrashuvlari yoki yolg‘iz ishlash uchun qulay hisoblanadi. Qahvaxonaning barcha filiallarida bepul wi-fi, yozgi terassalar, oʻtirishga qulay stol-stullar hamda sokin muhit mavjud. Menyuda klassik espresso va kapuchinodan tortib, mavsumiy mualliflik ichimliklarigacha bo‘lgan keng tanlov mavjud boʻlib yengil desertlar, sendvichlar va yangi pishirilgan shirinliklar esa qahva lazzatini yanada oshiradi. Toʻliq menyu bu yerda.
Manzillar: Barcha filiallar va ularning telefon raqamlarini ushbu havola orqali topish mumkin.
Community Coffee Bar
Ish vaqti: 08:00—22:00 (dam olish kunlarisiz)
Community qulaylik, keng menyu va mehmondo‘st muhit uyg‘unlashgan maskan hisoblanadi. Yorug‘ va shinam interyer, bepul Wi-Fi hamda sokin atmosfera uni ishlash yoki uchrashuvlar o‘tkazish uchun qulay joyga aylantiradi. “Pet-friendly” siyosati tufayli tashrif buyuruvchilar sevimli hayvonlari bilan birga dam olishi mumkin. Menyuda klassik qahvalardan tortib, noodatiy mualliflik ichimliklari va yengil taomlargacha keng tanlov taqdim etiladi.
Manzillar:
Bon!
Ish vaqti:
Bon! fransuz qahvaxonalari uchun ajoyib misol boʻla oladi. Toshkent boʻylab Bon!'ning 30 ga yaqin filiali mavjud. Bu esa oʻzingizga yaqin va qulay filialni topishga yordam beradi. Bu yerda nafaqat a’lo darajadagi qahva, balki qulay va zamonaviy muhit boʻlib, klassik espresso va kappuchinodan tortib, mualliflik ichimliklari va mavsumiy ta’mlargacha keng tanlov mavjud. Qahvaxonadagi stollar asosan 1−2 kishilik va har birida qurilmalarni quvvaylash nuqtalari borligi sababli oʻtirib ishlash uchun qulay. Toʻliq menyu bilan tanishing.
Manzillar: Barcha filiallar va ularning telefon raqamlarini ushbu havola orqali topish mumkin.
B&B cafe
Ish vaqti: 08:00−23:00 (jadval filialga qarab farqlanishi mumkin).
Shaharning markazida joylashgan B&B qahvaxonalar maxsus kovorking uchun moʻljallangan joy boʻlmasa ham ish muhitini izlayotganlar uchun ajoyib tanlov. Qulay stol va yumshoq oʻrinlar, bepul Wi-Fi va tinch atmosfera — frilanserlar, talabalar yoki masofadan ishlovchilar uchun ayni muddao. Bu yerda kunni yangi damlangan qahva, iliq kruassan va mazali nonushtalar bilan boshlash mumkin. Ichimliklar va yeguliklar menyusi bilan tanishish mumkin.
Manzillar: filiallarning toʻliq manzillarini ushbu havola dan topish mumkin.
Pie Republic
Ish vaqti: 08:00−23:00 (dam olish kunlarisiz).
Pie Republic kafelar tarmogʻi — Tashkentning markazida joylashgan, qulay va chiroyli interyerga ega, vestern uslubidagi nonushta va desertlari bilan mashhur. Sokin atmosfera, xushmuomila xodimlar va mazali taomlar bilan biznes uchrashuvlari, frilans ishlash yoki branch uchun eng yaxshi makonlardan biri hisoblanadi. Ammo qurilmalarni quvvatlash biroz muammo boʻlishi mumkin. Toʻliq menyu bilan tanishish mumkin.
Manzillar:
Book cafe
Ish vaqti: 08:30−22:00.
Koʻpchilik uchun qadrdon maskanga aylangan Book cafe hozirda oʻzining yangi interyeri bilan yanada qulay muhit yaratgan. Yorug' va shinam kafeda noutbukda ishlash uchun barcha imkoniyatlar mavjud: bepul wi-fi, rozetkalar hamda bir kishilik oʻrinlar. Menyuda turli xil sendvichlar, nonushtalar, salatlar va issiq taomlar turlari bor, ichimliklardan esa qahva, matcha, smuzi va freshlarni topish mumkin.
Manzil: Istiqbol koʻchasi, 8.
Tim’s Coffee & Roastery
Ish vaqti: 08:00−22:00
Tim’s Coffee & Roastery’da frilanserlar, talabalar yoki masofadan ishlovchilar uchun ish vaqtida ham, dam olish kunida ham mos tushadigan mukammal muhit. Sifatli qahva, tinch atmosfera, yorug‘ interyer, shu bilan birga menyusi va Wi-Fi kunni samarali o‘tkazish istagida bo‘lganlar uchun ideal tanlovga aylantiradi.
Manzillar:
