Sog‘lom ovqatlanish uchun: Toshkentdagi 10 ta PP-manzil

E’lon qilingan sana· 113
Sog‘lom ovqatlanish uchun: Toshkentdagi 10 ta PP-manzil

Hozir deyarli hammaning parhez qilayotgan tanishi bor. Agar sizda bunday tanish boʻlmasa, katta ehtimol oʻzingiz parhez qilyapsiz. Kimdir non va xamirli mahsulotlar yeyishdan tiyilsa, yana kimdir shakardan butunlay voz kechganini aytadi. Parhez qilayotgan odamlar haqida “ular faqat koʻkatli salat yeb, suv ichadi”, degan stereotip mavjud. Ammo bugungi kunda tendensiyalar oʻzgargan.

Afisha.uz Toshkentda toʻgʻri ovqatlanish menyularini taqdim etadigan kafe va restoranlar haqida ma’lumot beradi.


Eco Café

Ushbu kafe vegeterian va vegan menyularini taqdim etadi. Unda turlicha, xususan, suyuq va quyuq ovqatlar hamda salatlar taklif etiladi. Shuningdek, bu kafeda koʻplab tadbirlar ham oʻtkaziladi.

Narxlar:

  • tirik boʻtqa — 55 000 soʻm;
  • tofu-shakshuka — 60 000 soʻm;
  • vegan yogurt va mevali granola — 60 000 soʻm;
  • grechkali lapsha — 60 000 soʻm;

Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Manzil.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 94−637−8337.


Healthy Food

Asosan sogʻlom ovqatlarni yetkazib berish bilan shugʻullanadigan “Healthy Food” har xil dasturlarni taqdim etadi. Bundan tashqari, individual va turli kasalliklarda yeyish tavsiya etiladigan menyular ham mavjud.

Narxlar (bir kunda besh martalik ovqatlanish):

  • 800−1000 kilokaloriya — 135 000 soʻm;
  • 1000−1200 kilokaloriya — 145 000 soʻm;
  • 1200−1400 kilokaloriya — 155 000 soʻm;
  • 1400−1600 kilokaloriya — 165 000 soʻm.

Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Manzil.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 99−855−0004.


Broccoli Park Cafe

Oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish uslubidagi kafeda sogʻlom ovqatlanish uchun turli salatlar, boʻtqalar va nonushtalar mavjud.

Narxlar:

  • boʻtqalar — 45 000−55 000 soʻm;
  • sogʻlom nonushta — 85 000 soʻm.

Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Manzil.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 95−501−1010.


Organic Food

Ushbu manzilda nafaqat sogʻlom ovqatlanish uchun taomlar, balki buning uchun boshqa mahsulotlarni ham sotib olish mumkin.

Narxlar:

  • salatlar — 85 000−105 000 soʻm;
  • suyuq ovqatlar — 45 000−99 000 soʻm;
  • garnirlar — 30 000−50 000 soʻm;
  • keto menyu — 65 000−150 000 soʻm.

Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Manzil.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 97−421−8887.


Rukkola

Ushbu kafe tashrif buyuruvchilar uchun turli garnirlar, lanchlar va sogʻlom ovqatlanishga set taklif etadi. Poytaxtda “Rukkola"ning ikkita filiali faoliyat yuritadi.

Narxlar:

  • lanchlar — 35 000 soʻm;
  • mini set — 29 900 soʻm;
  • premium set — 80 900 soʻm;
  • sogʻlom ovqatlanish uchun set — 30 900 soʻm;

Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Manzillar:

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 95−616−5269.


Diet Cafe

Toshkentning Muqimiy koʻchasida joylashgan kafe sogʻlom ovqatlanish uchun moslashtirilgan deyish mumkin. Bu manzilda koʻplab kam kaloriyali taomlarni topish mumkin.

Narxlar:

  • guruchli boʻtqa — 18 000 soʻm;
  • guruch va sabzavotlar — 18 000 soʻm;
  • salatlar — 12 000−30 000 soʻmgacha;
  • suyuq ovqatlar — 18 000−32 000 soʻmgacha;

Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Manzil.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 71−253−8922.


Diet Bistro Cafe

Kafe menyusi salatlar, yengil sho‘rvalar, smuzilar va kaloriyasi kamroq shirinliklar kiradi. Asosiy e’tibor ortiqcha yog‘lar va shakarsiz, oqsil miqdori yuqori bo‘lgan taomlarga qaratilgan.

Narxlar:

  • guruchli boʻtqa — 18 000 soʻm;
  • guruch va sabzavotlar — 18 000 soʻm;
  • salatlar — 12 000−30 000 soʻmgacha;
  • garnirlar — 4 000−38 000 soʻmgacha;
  • suyuq ovqatlar — 18 000−32 000 soʻmgacha.

Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Manzil.


Sahovat Diet Kafe

Ushbu kafe parhez va uy taomlariga ixtisoslashgan bo‘lib, tashrif buyuruvchilarga kilokaloriyalari hisoblangan taomnoma taqdim etiladi. Shuningdek, yetkazib berish xizmati ham mavjud.

Narxlar:

  • 800−1000 kilokaloriya — 100 000 soʻm;
  • 1800−2000 kilokaloriya — 160 000 soʻm;
  • 1200−1500 kilokaloriya — 130 000 soʻm;
  • 2500−3000 kilokaloriya — 200 000 soʻm.

Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Manzil.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 90−099−0384.


Diet. Inn

Ochilganiga koʻp vaqt boʻlmagan diet kafe Alfraganus savdo markazida joylashgan. Bu yerda ham odatdagi parhezga moslashtirilgan kafelar singari menyu taqdim etiladi. Kam kaloriyali salatlar, garnirlar va boshqa taomlarni topish mumkin.

Manzil.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 99−922−8008.


Dietka

Kafening nomi bilan ham ma’lumki, parhez qilayotganlar uchun bu maskan yana bir qiziqarli nuqtalardan biri boʻlishi mumkin.

Narxlar:

  • sutli boʻtqalar — 18 000 soʻm;
  • garnirlar — 8 000−16 000 soʻmgacha;
  • salatlar — 15 000−20 000 soʻmgacha;
  • suyuq ovqatlar — 18 000−24 000 soʻmgacha;

Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Manzil.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 90−034−7020.

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling