"Gamarjoba, genatsvale": Toshkentdagi 10 ta gruzin kafe va restorani

Toshkentdagi Gruziya oshxonasi allaqachon ekzotik bosqichdan oʻtib, shahar gastronomik hayotining ajralmas qismiga aylangan. Xachapuri hidi kelib turadigan zal, xinkalidan tomayotgan sho‘rva, restoranlarda yangraydigan gruzincha musiqalar sizni xayolan Tbilisi yoki Batumi koʻchalariga olib ketadi.
Poytaxtda ba’zi kafelar an’anaviy ta’mlarni taklif qilsa, ba’zi restoranlar taomlarga zamonaviy talqinda yondashadi. Afisha.uz quyidagi jamlanmada Toshkentdagi mashhur va e’tiborga molik gruzin restoranlari haqida ma’lumot beradi.
Bagrationi

Ushbu kafeni Toshkent mahallalari ichidagi gruzin burchagi deyish mumkin. Kichik va shinam joyga tashrif buyurishdan oldin qoʻngʻiroq qilish va bron qilish lozim. Chunki taomlar buyurtmalarga qarab tayyorlanadi.
Narxlar:
- goʻshtli xinkali — 120 000 soʻm (porsiya);
- brinzali xinkali — 100 000 soʻm (porsiya);
- chashushuli — 115 000 soʻm;
- adjar xachapuri — 95 000 soʻm.
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 71−254−5386.
Bamonti

Bu restoran gruzin oshxonasining asosiy taomlarini taklif etadi. Shuningdek, Yevropa oshxonasining boshqa ovqatlarini ham tatib koʻrish mumkin. “Bamonti” tugʻilgan kunlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish uchun ham qulay hisoblanadi.
Narxlar:
- xinkali — 69 000 soʻm (3 dona);
- qovurilgan xinkali — 65 000 soʻm (3 dona);
- imiritin xachapuri — 95 000 soʻm;
- adjar xachapuri — 92 000 soʻm.
Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 93−555−0444.
Pro.Хинкали

Rossiyalik restorator Arkadir Novikov loyihasi boʻlgan “Pro.Хинкали” ham poytaxt aholisi orasida mashhur restoranlardan biri hisoblanadi. Unda turli xil gruzin taomlari taklif etiladi.
Narxlar:
- salatlar — 62 000−115 000 soʻm;
- mol goʻshtidan xinkali — 18 000 soʻm (qovurilgan — 16 000 soʻm);
- qoʻy goʻshtidan xinkali — 18 000 soʻm (qovurilgan — 16 000 soʻm);
- pishloq va pomidorli xinkali — 18 000 soʻm;
- adjar xachapuri — 96 000 soʻm.
Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Manzillar:
Murojaat uchun telefon raqamlari: (+998) 50−051−0101; (+998) 87−252−0202.
Manana

Toshkentda Gruziya ta’mini totib koʻrish imkonini beruvchi restoranlardan yana biri “Manana"dir. Shuningdek, bu yerda turli tadbirlar ham oʻtkaziladi.
Narxlar:
- salatlar — 62 000−150 000 soʻm;
- xinkali — 16 000 soʻm;
- qovurilgan xinkali — 16 000 soʻm;
- adjar xachapuri — 96 000 soʻm.
Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 99−277−0888.
Khachapuri Park

Gruziya oshxonasi faqat xinkalidan iborat emas. Buni ushbu kafening nomi ham aytib turibdi. “Khachapuri Park"da Adjariyaning xamirli ovqatlaridan tanovul qilish mumkin.
Narxlar:
- xinkali — 17 000 soʻm;
- qovurilgan xinkali — 19 000 soʻm;
- chashushuli — 152 000 soʻm;
- adjar xachapuri — 51 000 soʻm.
Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 90−027−1900.
Грузинский дворик

Bu yerga tashrif buyurish orqali Gruziyaga kichik sayohat qilgandek boʻlasiz. Restorandagi nafaqat taomlar yoki xizmat koʻrsatish, balki interyer ham sizni Qora dengiz sohillariga yetaklaydi.
Narxlar:
- xinkali — 25 000 soʻm;
- qoʻziqorinli chaxoxbili — 110 000 soʻm;
- imiritin xachapuri — 95 000 soʻm;
- adjar xachapuri — 80 000−140 000 soʻm.
Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 90−037−0330.
Хачапури House

“Kosmonavtlar” metro bekati yaqinida joylashgan bu kafeda xachapuri taomi turli xilda taklif etiladi. Shuningdek, Gruziyaning boshqa ovqatlaridan ham tatib koʻrish mumkin.
Narxlar:
- xinkali — 16 000 soʻm;
- qovurilgan xinkali — 18 000 soʻm;
- chashushuli — 152 000 soʻm;
- adjar xachapuri — 51 000 soʻm.
Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 97−744−0148.
Gruzin

Ushbu restoranda Gruziya taomlari shaydolarining Instagram’dagi videolarida koʻrish mumkin boʻlgan “ona-xinkali"dan tatib koʻrish mumkin.
Narxlar:
- xinkali — 17 000 soʻm;
- qovurilgan xinkali — 21 000 soʻm;
- ona xinkali — 102 000 soʻm;
- chashushuli — 108 000 soʻm;
- salatlar — 49 000−110 000 soʻm;
- adjar xachapuri — 78 000−112 000 soʻm.
Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Manzillar:
Murojaat uchun telefon raqamlari: (+998) 33−404−4544; (+998) 90−999−8299.
Gamarjoba

Gruzincha salomlashish uchun ishlatiladigan soʻz sharafiga nomi qoʻyilgan restoranda ham turli xildagi taomlarni tatib koʻrish mumkin. Shuningdek, bir qancha suyuq ovqatlar ham taklif etiladi.
Narxlar:
- suyuq ovqatlar — 35 000−60 000 soʻm;
- chaxoxbili — 95 000 soʻm;
- xinkali mol / qoʻy goʻshti — 18 000 / 19 000 soʻm;
- qovurilgan xinkali — 20 000 soʻm;
- adjar xachapuri — 75 000 soʻm.
Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 93−377−0099.
Takahuli

“Takahuli” restoranida ham xinkalidan tortib xachapurigacha topish mumkin. Bundan tashqari, restoran menyusida oʻziga xos uslubda tayyorlanadigan qizil ikrali qora xinkali ham mavjud.
Narxlar:
- salatlar — 65 000−135 000 soʻm;
- suyuq ovqatlar — 65 000−135 000 soʻm;
- xinkali — 14 000 soʻm;
- adjar xachapuri — 98 000 soʻm.
Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 90−968−0060.