Toshkentdagi noodatiy ichimliklar tayyorlanadigan manzillar

E’lon qilingan sana· 786
Toshkentdagi noodatiy ichimliklar tayyorlanadigan manzillar

Bugun ham Toshkentdagi sizu bizni birdek qiziqtiradigan va ishtahani ochadigan manzillar haqida suhbatlashamiz. Poytaxtda turli did va kayfiyatga mos tamaddixonalar hamda qahvaxonalar tobora ko‘payib bormoqda. Shunday bo‘lsa-da, “Nima yesam ekan?” yoki “Qayerda mazali ichimlik ichsa bo‘ladi?”, degan savollar hanuz dolzarbligicha qolmoqda.

Shu sababli ushbu jamlanmada Toshkentda o‘ziga xos ta’mi, sifati va muhitiga ko‘ra ajralib turadigan, mazali ichimliklar tayyorlanadigan manzillarni bir joyga jamladik.


China Panda

“Bubble tea"dan tortib matcha va boshqa turli xil ichimliklargacha taklif etuvchi ushbu maskanda sutli, mevali, tapiokali hamda matcha asosidagi choylarni topishingiz mumkin. Kafe o‘zining maxsus shirinliklari bilan ham ajralib turadi. Ichimlik va shirinliklarning o‘rtacha narxi 50 000 so‘m atrofida.

Menyu.
Manzil: Oʻzbekiston ovozi koʻchasi, 21.


Matcha Club by Mary Wellness

Matchani chin dildan sevuvchilar uchun yana bir ideal manzil. Bu yerda boshqa joylarda kam uchraydigan, maxsus retsept asosida tayyorlangan matcha ichimliklarini tatib ko‘rish mumkin — lavandali matchadan tortib, yuqori sifatli haqiqiy yapon matchalarigacha. Ichimliklar nafaqat ta’mi, balki foydali xususiyatlari bilan ham ajralib turadi.

Shuningdek, kafe menyusida yengil tamaddi uchun shirinliklar, sog‘lom desertlar va turli xil sendvichlar ham mavjud. Ichimliklarning o‘rtacha narxi 60 000 so‘m atrofida.

Menyu.
Manzillar: Tashkent City Mall, IT Park.


Matcha.uz

Matcha deganda ko‘pincha aynan shu joy esga tushadi — Toshkent markazidagi klassik matcha-kafe. Bu yerda nafaqat eng mashhur matcha ichimliklarini, balki noodatiy, topib bo‘lmaydigan ta’m kombinatsiyalarini ham sinab ko‘rish mumkin. Menyuda klassik matcha latte, muzli matcha variantlari va boshqa innovatsion matcha asosidagi ichimliklar mavjud.

Bu kafe matcha ichimliklari bilan birga matchali chizkeyk, muzqaymoq, kruassan va boshqa shirinliklarni taklif qiladi — hatto shakar qo‘shilmaydigan variantlar ham bor, bu esa sog‘lom turmush tarzini afzal ko‘radiganlar uchun juda mos keladi.

Menyu.
Manzil: Qori Niyoz koʻchasi, 11.


Pims

Rossiya brendi bo‘lgan PIMS Toshkentda ham o‘z filialini ochib, qisqa muddatda ichimlik ixlosmandlari e’tiborini qozondi. Bu yerda turli xil mevali choylar, freshlar hamda tetiklantiruvchi sovuq ichimliklar taklif etiladi.

Menyu yorqin ta’mlar va noodatiy kombinatsiyalarga boy bo‘lib, ayniqsa yengil va serg‘ayrat ichimliklarni xush ko‘radiganlar uchun mos. Zamonaviy interyeri va qulay muhiti esa PIMS’ni do‘stlar bilan uchrashuv yoki tezkor ichimlik ichish uchun yaxshi manzilga aylantiradi. Ichimliklarning o‘rtacha narxi 50−60 ming so‘m atrofida.

Menyu.
Manzil: Tashkent City Mall.


Icy Koko

Icy Koko Toshkentda salqin, tetiklashtiruvchi ichimliklarni yoqtiradiganlar uchun ajoyib manzil. Asosan kokos suvi asosidagi sovuq ichimliklar, mevali smuzi va freshlar taklif etiladi. Menyuda shakar miqdorini o‘zingizga moslab tanlash imkoniyati ham mavjud, bu esa sog‘lom turmush tarzini afzal ko‘radiganlar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratadi.

Ichimliklarning o‘rtacha narxi 50 000−70 000 so‘m atrofida. Toshkentda Icy Kokoʻning 10 dan ortiq filiali mavjud, ularning manzillari haqida batafsil quyidagi havola orqali bilib olish mumkin.

Manzillar.


Wedrink

Wedrink zamonaviy ichimliklarni yoqtiradiganlar uchun yana bir mashhur manzil. Bu yerda bubble tea, mevali choylar, sutli ichimliklar hamda turli toppinglar bilan tayyorlanadigan ichimliklarni topish mumkin.

Ichimliklarni shakar miqdori va muz darajasini o‘zingizga moslab tanlash imkoniyati ham mavjud. Qulay joylashuvi va tezkor xizmati Wedrink’ni kundalik ichimlik uchun qulay variantga aylantiradi. Ichimliklarning o‘rtacha narxi 45−60 ming so‘m atrofida.

Menyu.

Manzillar:


Bim

Toshkentda yoshlar orasida mashhur bo‘lib borayotgan yana bir ko‘cha taomlari va ichimliklar maskanlardan biri. Bim’da asosan koreys fast-food taomlari, ramen, nudllar, turli ichimliklar, shu jumladan, bubble tea’ning turli variantlari taklif qilinadi. Menyuda, shuningdek, yengil sneklar, chipslar va shirinliklar bor.

Narxlar odatda 50 000−100 000 so‘m atrofida bo‘ladi, kattaroq buyurtmalar yoki maxsus ichimliklar biroz qimmatroq bo‘lishi mumkin. Hozircha uning 7 ta filili mavjud quyidagi havola orqali manzillar bilan tanishish mumkin.

Menyu.
Manzillar.

Farangiz Akbarova
Muallif
Farangiz Akbarova
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling