Namaste, Toshkentda qayerda hind taomlarini yeyish mumkin?

E’lon qilingan sana· 274
Namaste, Toshkentda qayerda hind taomlarini yeyish mumkin?

Hind kinolarini tomosha qilmagan odam bo‘lmasa kerak. Rang-barang sahnalar, jo‘shqin raqslar, kuy-qo‘shiqlar fonidagi sevgi hikoyalari qalblarni titratadi. Hind filmlaridagi oilaviy qadriyatlar, sadoqat va muhabbat tasviri ko‘pchilikni o‘ziga rom etib kelgan.

Ammo Hindiston faqat kino va musiqadan iborat emas. Bu mamlakat — ming yillik an’analar, o‘ziga xos urf-odatlar va boy gastronomik meros sohibi. Ayniqsa, ziravorlarga boy, xushbo‘y va asosan vegetarian taomlari bilan mashhur hind oshxonasi dunyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘z muxlislariga ega.

Toshkentda tahsil olayotgan hind talabalari sonining ko‘payishi, shuningdek, hind madaniyati va taomlariga bo‘lgan qiziqish sabab Toshkentda hind taomlari tayyorlanadigan kafe va restoranlar soni ham oshmoqda. Endi samosa, biryani yoki masala choyini tatib ko‘rish uchun Hindistonga borish shart emas.

Ushbu jamlanmamizda Toshkentdagi hind restoranlari haqida ma’lumot beramiz.


Bollywood Cafe

Agar hind filmlaridagi rang-barang muhitni yoqtirsangiz-u, Bollywood Cafe siz uchun ayni muddao. Bu yerda sizni Amitabh Bachchan shaxsan kutib olmasa ham, muhitning o‘zi haqiqiy Bollywood ruhini his qildiradi.

Kafe nisbatan yangi ochilgan bo‘lib, ichki dizayni yorqin ranglar, bezaklar va milliy elementlar bilan boyitilgan. Bu esa mehmonlarga nafaqat mazali taomlardan, balki o‘ziga xos atmosferadan ham zavqlanish imkonini beradi. Bu yerda taomlar haqiqiy hind oshpazlari tomonidan an’anaviy retseptlar asosida tayyorlanadi. Menyudan sutli masala choy, xushbo‘y va ziravorlarga boy biryani, turli xil vegetarian taomlar hamda maxsus souslar o‘rin olgan.

Ish vaqti: 11:00−23:00
Menyu.
Manzil: Magic City


The Curry House

  • false
  • false
  • false

The Curry House nomidan ma’lumki, bu yerda hind kurri turlarini tatib ko‘rish mumkin. Shinam va qulay muhitga ega bo‘lgan tamaddixonada mehmonlar nafaqat taomdan, balki hindcha atmosfera va bezaklardan ham zavqlanishadi. Taomlar haqiqiy hind oshpazlari tomonidan tayyorlanadi, ularning retseptlari an’anaviy Hindiston oshxonasiga asoslangan. Menyuda turli xil kurri turlari, xushbo‘y souslar, sabzavotli va go‘shtli taomlar mavjud. Shuningdek, sutli choy va hind desertlari ham mavjud.

Ish vaqti: 10:00—22:00.
Menyu.
Manzil: Asaka koʻchasi, 15/14.


Kaarvan

  • false
  • false

Hind oshxonasini sevuvchilar uchun ajoyib manzillardan biri Kaarvan’da mehmonlar nafaqat xushbo‘y va to‘yimli taomlardan, balki hind muhitdan ham zavqlanishadi. Taomlar haqiqiy hind an’anaviy retseptlari asosida tayyorlanadi, menyuda turli xil kurri, ziravorli sabzavot va go‘shtli taomlar, shuningdek, sutli choy va hind desertlari mavjud.

Ish vaqti: 11:00—02:00.
Menyu.
Manzil: Sebzor koʻchasi, 2


The Host

  • false
  • false

The Host Toshkentdagi hind oshxonasini taqdim etuvchi maskanlardan biri. Bu yerda mehmonlarni shinam va osoyishta muhit, hindcha bezaklar bilan bezatilgan.

Menyuda an’anaviy hind taomlari: turli xil kurri, tandirda pishirilgan non (naan), ziravorlarga boy go‘shtli va vegetarian taomlar o‘rin olgan. Har bir taom o‘ziga xos ziravorlar uyg‘unligi bilan ajralib turadi.

Ish vaqti: 10:00−22:00
Manzil: Oybek koʻchasi, 65.


Shere Punjab

  • false
  • false

Shere Punjab nomidan bilosh mumkinki, bu joyda Hindistonning Panjob mintaqasiga xos taomlarni taklif etadi. Restoran shinam va oddiy muhitga ega. Menyuda xushbo‘y va to‘yimli panjobona taomlar: turli xil kurri, tandirda pishirilgan tovuq va go‘shtli taomlar, yangi yopilgan naan nonlari hamda ziravorlarga boy souslar o‘rin olgan. Taomlar an’anaviy retseptlar asosida tayyorlanadi.

Ish vaqti: 11:00—22:00
Menyu.
Manzil: Yakkasaroy tumani, Kichik halqa yoʻli, 10.


Zaytoon

  • false
  • false

Zaytoon restorani Toshkentda Sharq va hind oshxonasi taomlari taqdim etiluvchi yemakxonalardan. Restoran shinam va osoyishta muhiti bilan ajralib turadi, interyerida sharqona bezak elementlari qo‘llangan.

Menyuda arab taomlaridan tashqari turli xil kurri turlari, ziravorlarga boy go‘shtli va vegetarian taomlar, tandir nonlari hamda xushbo‘y souslar mavjud. Taomlar an’anaviy retseptlar asosida tayyorlanadi va har birida hind oshxonasiga xos ziravorlar uyg‘unlashgan.

Ish vaqti: 11:00−23:00
Manzil: Rakatboshi koʻchasi, 85.


Raaj Kapoor

  • false
  • false

Nomi afsonaviy hind aktyori Raj Kapur sharafiga qo‘yilgan Raaj Kapoor restorani Bollivud kayfiyatini va hind oshxonasining boy ta’mini birlashtiradi. Bu yerda mehmonlarni yorqin ranglar, milliy bezaklar va iliq muhit kutadi. Menyuda an’anaviy kurri turlari, ziravorlarga boy biryani, tandirda pishirilgan naan nonlari hamda vegetarian taomlar mavjud.

Ish vaqti: 11:00−22:00
Menyu.
Manzil: Oʻzbekiston koʻchasi, 2.

Farangiz Akbarova
Muallif
Farangiz Akbarova
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling