Toshkent bo‘yicha yangilangan Ultima Guide'ga kiritish uchun nomzod restoranlar ro‘yxati e’lon qilindi

Ultima Yandex Go yangilangan Ultima Guide’ga kirish uchun da’vogar restoranlar ro‘yxatini taqdim etdi. Xizmat neyrotarmoq yordamida o‘zining original konsepsiyasi, taomlari sifati va mehmonlar orasida mashhurligi bilan ajralib turadigan 183 ta restoranni tanlab oldi.
Texnologik gidga esa saralashning ikkinchi bosqichi — mustaqil gastroekspertlar va Yandex Go foydalanuvchilari ovoz berish natijalariga ko‘ra yuqori baholangan muassasalar kiritiladi. Yangilangan qo‘llanma iyun oyida taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Foydalanuvchilar ovoz berishda maxsus havola orqali ishtirok etishlari mumkin. Ular faqat bir marta va faqat Yandex xizmatlari orqali o‘zaro aloqa qilgan restoranlar uchun ovoz berish huquqiga ega.
Ultima Guide’ga nomzodlar ro‘yxatini shakllantirishda sun’iy intellekt Toshkentdagi 3000 dan ortiq restoranni tahlil qildi. Baholash jarayonida tashriflar soni, Yandex Maps ilovasidagi fikr-mulohazalar hamda 100 dan ortiq mezonlar hisobga olingan.
Kengaytirilgan ro‘yxatga mashhur restoranlar bilan bir qatorda turli formatdagi kichik kafe va muassasalar ham kiritilgan. Ular orasida ORA kabi zamonaviy gastroloyihalar, “Sirovarnya” singari Yevropa oshxonasi restoranlari, uchrashuvlar va branchlar uchun mo‘ljallangan Zira Cafe, Nukus 89 bar-restorani, shuningdek, “Muzey plova” kabi milliy taomlar taklif qiluvchi an’anaviy joylar bor.
2025-yilgi Ultima Guide loyihasining amaldagi versiyasi rasmiy saytda e’lon qilingan. Gid va kengaytirilgan ro‘yxat reyting hisoblanmaydi — shu sababli restoranlar alifbo tartibida joylashtirilgan.
Kengaytirilgan ro‘yxatga ovoz berish boshlanishidan uch oy oldin ochilgan muassasalar, klassik barlar, qahvaxonalar, fud-molllar va uchtadan ortiq filialga ega restoran tarmoqlari kiritilmaydi. Shuningdek, gidga kirish uchun Yandex Go hamkori bo‘lish shart emas.
Reklama huquqlari asosida.