Sharqona vayb: Toshkentdagi 7 ta milliy restoran

E’lon qilingan sana· 724
Sharqona vayb: Toshkentdagi 7 ta milliy restoran

Toshkent gastronomik xaritasi so‘nggi yillarda sezilarli darajada boyib, milliy oshxona yangi talqinda namoyon bo‘layotgan maskanlar soni ortib bormoqda. Bugungi kunda poytaxt restoranlari nafaqat an’anaviy taomlarni taklif etadi, balki ularni zamonaviy dizayn, estetik va qulay muhit bilan uyg‘unlashtirib, mehmonlarga o‘ziga xos tajriba taqdim etmoqda.

Milliy naqshlar, sharqona mehmondo‘stlik va zamonaviy interyer yechimlari birlashgan bu restoranlar Toshkentni nafaqat gastronomik, balki madaniy jihatdan ham yanada jozibador shaharga aylantirmoqda. Ushbu jamlanmada milliylikni zamonaviy ko‘rinishda taqdim etayotgan tamaddixonalar haqida ma’lumot beramiz.

Bazar

Interyerida milliy detallar bilan birga zamonaviylikni uygʻunlashtirgan restoranlardan biri Bazar. Toshkentdagi oʻziga xos sharqona maskanlardan biri hisoblanadi. Bu joyga tashrif buyurganlar nafaqat taomning mazasi, balki uning estetik va iliq atmosferasidan ham bahramand boʻlishadi. Yorqin sharqona naqshlar, nafis dekor va zamonaviy uslubdagi mebellar birlashib, mehmonlarga nafaqat ovqatlanish, balki oʻziga xos tajriba taqdim etadi.

Restoranning menyusi ham oʻzbek milliy taomlari bilan birga Yaqin Sharq oshxonasi bilan ham boyitilgan bo‘lib, kaboblar, palov, somsa va boshqa anʼanaviy taomlar zamonaviy taqdimotda beriladi. Shuningdek, sharbatlar, desertlar va issiq ichimliklar ham estetik jihatdan diqqatga sazovor.

Ish vaqti: 12:00—02:00.
Menyu.
Manzil: Oʻqchi koʻchasi, 3.
Telefon: (+998) 90−481−0990.


Cafe 1991

Shahar markazida joylashgan bu restoran oʻzida nafaqat Oʻzbek milliy taomlari, balki Yaqin Sharq va Livan oshxonasini ham taklif qiladi. Menyuda palov, manti, kaboblar, osh, somsa, doʻlma va turli shirinliklar mavjud. Restoranning interyeri sharqona naqshlar va zamonaviy elementlarni uyg‘unlashtirgan bo‘lib, mehmonlarga iliq va qulay atmosfera taqdim etadi. Ichki va ochiq veranda kechki uchrashuvlar va romantik kechalar uchun mos keladi.

Ish vaqti: 12:00—01:00.
Menyu.
Manzil: Mustaqillik koʻchasi, 7.
Telefon: (+998) 90−919−9100, (+998) 71−207−1991


Lali

Hali ochilganiga ko‘p bo‘lmagan Lali restoranida qadrdon taomlar jamlanmasidan bahramand bo‘lish mumkin. Bu yerda milliy oshxonaning eng sara namunalari zamonaviy talqinda taqdim etilib, har bir taomda anʼana va yangicha yondashuv uyg‘unlashadi. Shinam interyeri va sokin muhiti esa mehmonlarga qulay va iliq kayfiyat bag‘ishlaydi.

Ish vaqti: 11:00—00:00.
Menyu.
Manzil: Qiyot koʻchasi, 57B
Telefon: (+998) 50−333−5757


The Choyxona

Toshkentdagi milliy ruhni zamonaviy muhit bilan uyg‘unlashtirgan maskanlardan biri. Bu restoran an’anaviy o‘zbek choyxonalari konsepsiyasidan ilhomlangan bo‘lib, mehmonlarga nafaqat taom, balki haqiqiy sharqona mehmondo‘stlik tajribasini taqdim etadi. Menyuda o‘zbek milliy taomlari — palov, somsa, kabob va turli issiq ovqatlar asosiy o‘rinni egallaydi. Shu bilan birga, choy madaniyatiga alohida e’tibor qaratilib, turli xil choylar va shirinliklar mehmonlarga taklif etiladi. Taomlar oddiylik va tabiiylikni saqlagan holda, estetik jihatdan chiroyli taqdim etiladi.

Ish vaqti: 12:00—01:00.
Menyu.
Manzil: Bogʻishamol koʻchasi, 131.
Telefon: (+9989) 99−844−8888.


Osh muzeyi

Bu tamaddixona Toshkentdagi milliy oshxonaning eng muhim ramzlaridan biri bo‘lgan palovga bag‘ishlangan o‘ziga xos maskan. Bu yerda mehmonlar nafaqat turli xil palov turlarini tatib ko‘rish, balki uning tayyorlanish jarayoni va madaniy ahamiyati bilan ham yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar.

Menyuning markazida, albatta, turli hududlarga xos palovlar turadi — an’anaviy Toshkent palovi, to‘y palovi va boshqa variantlar katta qozonlarda tayyorlanib, mehmonlarga yangi holatda tortiladi. Shuningdek, milliy salatlar, non va ichimliklar ham taqdim etiladi. Interyeri esa oddiylik va milliy ruhni aks ettirib, mehmonlarga haqiqiy o‘zbek oshxonasining muhitini his qilish imkonini beradi.

Ish vaqti: 11:00—02:00.
Menyu.
Manzil: Katta Darxon koʻchasi, 55.
Telefon: (+998) 71−209−4499.


Afsona

Toshkent markazida joylashgan Afsona restorani milliy oʻzbek oshxonasini zamonaviy uslubda taqdim etadigan eng mashhur restoranlardan biridir. Restoran menyusida oʻzbek oshxonasining klassik taomlari: palov, manti, somsa, kabob va turli salatlar asosiy oʻrinni egallaydi. Shu bilan birga, vegetarian va hatto noodatiy tanlovlar ham mavjud. Interyerida milliy naqshlar, yog‘och elementlar va tandir uslubidagi dekorlar zamonaviy dizayn bilan uygʻunlashgan. Restoran mahalliylar bilan bir qatorda turistlar orasida ham keng ommalashgan.

Ish vaqti: 11:00—23:00.
Menyu.
Manzil: Taras Shevchenko ko‘chasi, 30.
Telefon: (+998) 71−252−5681, (+998) 71−252−5682.


Caravan Rest

Caravan Toshkentdagi eng taniqli va uzoq yillik tarixga ega milliy restoranlardan biri bo‘lib, 1999-yilda ochilgan ilk o‘zbek milliy oshxona restoranlaridan hisoblanadi. Restoran o‘zining haqiqiy o‘zbekona muhitini saqlab qolganligi bilan ajralib turadi. Interyeri an’anaviy o‘zbek uyi uslubida bezatilgan bo‘lib, qo‘l mehnati bilan yaratilgan bezaklar, milliy hunarmandchilik buyumlari va kichik hovli mehmonlarga go‘yoki eski Toshkent muhitini his qilish imkonini beradi.

Ish vaqti: 11:00—02:00.
Menyu.
Manzil: Abdulla Qahhor koʻchasi, 22.
Telefon: (+998) 78−150−7555, (+998) 78−150−6606

Farangiz Akbarova
Muallif
Farangiz Akbarova
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling