Sergelida Cake Lab ochildi

Sergelida Cake Lab’ning yangi filiali ish boshladi. Ushbu format qandolatxona, qahvaxona va novvoyxonani o‘zida mujassam etib, mahsulotlarni olib ketish yoki shu yerning o‘zida vaqt o‘tkazish imkonini beradi.
Bu voqea tarmoqning Toshkent shahri turar joy massivlarida rivojlanishining mantiqiy davomi bo‘ldi. Brend vakillarining so‘zlariga ko‘ra, jamoa joy tanlashda hudud aholisining uy yaqinidagi sifatli gastronomik loyihalarga bo‘lgan ortib borayotgan talabiga tayangan.

Cake Lab Toshkentda 2012-yildan beri faoliyat yuritib keladi. Bugungi kunda tarmoq 17 ta filial va shaxsiy ishlab chiqarish quvvatiga ega. Assortimentning asosini desertlar, tortlar, yangi pishirilgan non va qandolat mahsulotlari hamda uzoq vaqt fermentatsiyalangan non tashkil etadi.

Yangi filialda brendning mahsulotga bo‘lgan odatiy yondashuvi saqlab qolingan: tabiiy masalliqlardan tayyorlangan ixcham desertlar va muvozanatli ta’mga urg‘u berilgan. Tarkibda mevalar, yong‘oqlar, ziravorlar va tabiiy rang beruvchilardan foydalaniladi.

Qahva toʻplami Caffè Diemme donlari asosida tuzilgan. Shuningdek, menyudan mualliflik ichimliklari, limonadlar va bir qator tabiiy siroplar o‘rin olgan.

Interyer xotirjam va minimalist uslubda bezatilgan: mayin yorug‘lik, neytral tuslar va tabiiy materiallar. Maskanda ham tezda kirib chiqish, ham bemalolroq hordiq chiqarish uchun sharoit yaratilgan.

Kompaniyada turar joy massivlarida rivojlanish tarmoqning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolishini ta’kidlashmoqda.
Sayt: cakelab.uz
Facebook: fb.com/CakesLaboratory
Instagram: @cakelaboratory
Telegram bot: t.me/cakelabbot
Reklama huquqlari asosida.