Salqin sakkizlik: Toshkentda kuksu tatib ko‘rish mumkin bo‘lgan 8 ta kafe

E’lon qilingan sana· 707
Salqin sakkizlik: Toshkentda kuksu tatib ko‘rish mumkin bo‘lgan 8 ta kafe

Issiq kunlarda bir kosa sovuq kuksudan yaxshiroq tanlov topish qiyin. Ayniqsa, bizning yoz faslimiz o‘zining jazirama harorati bilan ishtahani biroz susaytiradi va odamni doim muzdek, yengil taomlarga yetaklaydi. Okroshka, kuksu, tarvuz yoki achchiq-chuchuk salat bularning barchasi yoz uchun ayni muddao. Toshkentda esa koreys oshxonasining ushbu mashhur taomini mazali tayyorlaydigan joylar kam emas. Kimdir klassik sovuq kuksuni yoqtiradi, kimdir esa achchiqroq yoki o‘ziga xos uslubda tayyorlangan variantlarni izlaydi.

Biz esa shahardagi kuksu sevuvchilar uchun sinab ko‘rishga arziydigan manzillarni bir joyga jamladik.


Cafe Elephant 838

  • false
  • false

Koreys oshxonasi yo‘nalishidagi kafelardan biri bo‘lib, ayniqsa kuksu sevuvchilar orasida mashhur. Menyuda sovuq va issiq kuksu turlari, ramyon, wok, pegodya hamda turli koreyscha salatlar mavjud. Taomlar katta porsiyada tortilishi sabab bu joyga ko‘pchilik nafaqat tamaddi, balki to‘yimli tushlik yoki kechki ovqat uchun ham tashrif buyuradi. Ayniqsa yoz mavsumida sovuq kuksu bu kafening “must try"laridan bir hisoblanadi. Interyeri oddiy va zamonaviy uslubda bezatilgan bo‘lib, narxlari ham o‘rtacha segmentga yaqin.

Menyu.
Telefonlar: (+998) 97−725−2888, (+998) 88−530−3333.
Manzil: Badahshon 2


Kuksi kabi

  • false
  • false

Kuksi Kabi Toshkentdagi koreys taomlarini taklif qiluvchi maskanlardan biri bo‘lib, ayniqsa kuksu bilan mashhur.Menyuda sovuq va issiq kuksu turlari, ramyon, pegodya hamda turli koreyscha salatlar mavjud. Bu yer porsiyalarining kattaligi va taomlarning to‘yimliligi bilan ajralib turadi. Interyeri oddiy va kundalik formatda.

Menyu.
Telefonlar: (+998) 97−404−3880, (+998) 90−911−3204.
Manzil: Sergili 6-daha.


Kimpab

  • false
  • false

Kimbap Toshkentda koreys “street food” uslubiga yaqin taomlarni taklif qiluvchi 6 ta filialiga ega boʻlgan maskanlardan bo‘lib, nomidan ham ko‘rinib turibdi, asosiy e’tibor kimbapga qaratilgan. Menyuda kimbapning turli variantlari bilan birga kuksu, ramyon, teokbokki va boshqa koreyscha yengil taomlar ham uchraydi. Bu joyning konsepsiyasi odatda tez tayyorlanadigan, qulay va kundalik ovqatlanishga mos taomlar atrofida shakllangan. Narxlar ham nisbatan hamyonbop segmentga yaqinligi sabab talabalar va yoshlar orasida ko‘proq tanlanadi.

Menyu, telefon raqamlar va barcha manzillar.


Mogo & Go

  • false
  • false

Mogo & Go Toshkentdagi panosiyo va koreyscha taomlarni zamonaviy formatda taqdim etuvchi maskanlardan biri. Bu yerda kuksu, ramyonning turli xillari, wok, tom yum, tokpokki, kimpab va koʻplab yangi ta’mlarni tatib ko‘rish mumkin. Menyudagi taomlar tez tayyorlanishi va katta porsiyalarda tortilishi bilan ajralib turadi. Ayniqsa kuksu va wok kombinatsiyalari tashrif buyuruvchilar orasida ommabop. Interyeri yorqin va zamonaviy uslubda bezatilgan.

Menyu.
Telefon: (+998) 97−759−4224.
Manzil: Seoul Mun.


Tanuki

Tanuki Toshkentda yapon oshxonasi konsepsiyasiga asoslangan restoranlardan biri bo‘lib, asosan sushi, rolls, ramen va issiq yapon taomlari bilan tanilgan. Menyu klassik yapon taomlariga yo‘naltirilgan: turli xil sushi va rollar, ramyon turlari, tempura hamda wok uslubiga yaqin issiq taomlar mavjud.

Menyu.
Telefon: (+998) 78−122−2820, (+998) 78−122−0508.
Manzillar: Taras Shevchenko koʻchasi 21A, Tashkent City Mall.


Teriyaki

Bu maskan ham panosiyo oshxonasi yo‘nalishidagi restoranlardan biri bo‘lib, menyusida koreys, yapon va xitoy oshxonasiga oid taomlarni uchratish mumkin. Bu yerda kuksu, ramyon, wok, sushi hamda turli taomlar taklif etiladi. Taomlar zamonaviy usulda tortilishi bilan ajralib turadi. Interyeri minimalistik va zamonaviy uslubda bezatilgan va narxlar o‘rtacha segmentga yaqin.

Menyu.
Telefon: (+998) 55−500−9933.
Manzil: Alisher Navoiy koʻchasi, 14B.


Twice Spice

  • false
  • false

Twice Spice yapon va koreys oshxonasiga regishli taomlarni taklif etuvchi kafelardan biri. Bu yerda kuksudan tashqari turli xildagi rollar, sushilar, kimpab, onigiri va koreys-yapon oshxonasining har xil shoʻrvalarini tatib koʻrish mumkin. Kafe interyeri rang-barang va zamonaviy uslubda bezatilgan va anchagina qulay.

Menyu.
Telefon: (+998) 99−902−8899.
Manzil: Novomaskovskaya koʻchasi, 18


Yoree

Toshkentdagi koreys oshxonasi yo‘nalishidagi restoranlardan biri bo‘lib, an’anaviy va zamonaviy koreys taomlarini birlashtirgan menyuga ega. Bu yerda kuksu, bibimbap, ramen, turli go‘shtli grill taomlar hamda koreyscha salatlar taklif etiladi. Interyeri zamonaviy koreys restoranlariga xos tarzda yorug‘, keng va qulay muhitda tashkil etilgan

Menyu.
Telefon: (+998) 77−038−3388.
Manzil: Shota Rustavelli koʻchasi, 18


Farangiz Akbarova
Muallif
Farangiz Akbarova
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling