Tongi kayfiyat: Toshkentda nonushta menyularini taklif etadigan 10 ta kafe va restoranlar

E’lon qilingan sana· 660
Tongi kayfiyat: Toshkentda nonushta menyularini taklif etadigan 10 ta kafe va restoranlar

Narxlar, manzillar, kontaktlar.

Turli yoshdagi odamlar hayot ritmi juda tezlashib ketganini bot-bot takrorlaydi. Ayniqsa, Toshkent kabi poytaxt shaharda istiqomat qiluvchi odamlar bundan tez-tez noliydi. Albatta, shoshilish turli oqibatlarga olib keladi. Jumladan, bunday sharoitda odam koʻpincha nonushtadan voz kechadi.

Shunga qaramay, koʻplab kafe va restoranlar oʻzining nonushta menyularini taklif etadi. Shinam kafeda bir finjon qahva va estetik ko‘rinishdagi to‘yimli taom bilan kunni boshlash odati ham ommalashib bormoqda. Tongi menyular turfa xilligi bilan maqtana oladi. An’anaviy inglizcha nonushtalardan tortib, qaynoq turk simitlari va menemenlari, zamonaviy avokado-tostlar, sog‘lom turmush tarzi ishqibozlari uchun chia-boullar va hatto bolalikni eslatuvchi klassik suli bo‘tqalarigacha topish mumkin.

Afisha.uz Toshkentdagi nonushta uchun ham taomlar taklif etadigan kafe va restoranlar haqida ma’lumot beradi.

Arrows & Sparrows

Arrows & Sparrows xalqaro restoran boʻlib, menyudagi turli xillik va “instagrambop” taomlari bilan ajralib turadi. U Tashkent City’ning qoq markazida joylashgan. Mehmonlar favvoraga qaragan katta yozgi terrasada yoki kafe ichida o‘tirishi mumkin.

Narxlar:

  • turkcha menemen — 56 000−99 000 soʻm;
  • inglizcha nonushta — 109 000 soʻm;
  • fransuzcha nonushta — 99 000 soʻm;
  • shakshuka — 86 000 soʻm;
  • suli yormasi (овсяная каша) va guruchli boʻtqa — 49 000 soʻm;

Nonushtalarning toʻliq menyusi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Manzil.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 99−600−8811.


Breadly

Breadly Bakery aynan oʻzining nonushtalari bilan mashhur hisoblanadi. U yerda tashrif buyuruvchilarni shinam muhit va zamonaviy interyer ham kutadi. Mehmonlar bu yerda ertalabki qahva bilan birga turli xil nonushta taomlari, kruassanlar va desertlardan bahramand bo‘lishi mumkin.

Narxlar:

  • Breadly nonushtasi — 155 000 so‘m;
  • fransuzcha nonushta — 126 000 so‘m;
  • inglizcha nonushta — 125 000 so‘m;
  • shokoladli / karamelli / murabboli / tvorogli quymoqlar — 72 000 so‘m;
  • suli boʻtqasi — 63 000 so‘m;

Nonushtalarning to‘liq menyusi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Manzillar.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 78−122−2525.


Bon!

Toshkentdagi mashhur fransuz kafelar tarmoqlaridan biri bo‘lgan Bon! kruassanlari, desertlari bilan ajralib turadi. Shuningdek, bu yerda nonushtalar ham teklif etiladi. Kafe sokin muhiti sabab nonushta yoki qahva ustidagi uchrashuvlar uchun qulay maskan hisoblanadi.

Narxlar:

  • mavsumiy rezavorlar va mevali chia-puding — 47 000 so‘m;
  • klassik granola — 49 000 so‘m;
  • Bon! Klassik nonushtasi — 59 000 so‘m;
  • kontinental nonushta — 97 000 so‘m;
  • mevali salat — 45 000 so‘m;
  • guruchli bo‘tqa — 38 000 so‘m;
  • klassik omlet — 32 000 so‘m;
  • “Mozzarella” pishlog‘li omlet — 45 000 so‘m;
  • kolbasali omlet — 46 000 so‘m;
  • ismaloqli omlet — 50 000 so‘m;
  • miks omlet — 61 000 so‘m.

Manzillar.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 71−241−20−67.


Benedict

Benedict Cafe’ga tashrif buyuradigan xoʻrandalar bu yerning qulay atmosferasida qahva, tostlar, omletlar, bo‘tqalar hamda turli mualliflik nonushtalarini tatib ko‘rishi mumkin boʻladi.

Narxlar:

  • inglizcha nonushta — 128 000 so‘m;
  • fitnes nonushta — 128 000 so‘m;
  • nonushta set — 138 000 so‘m;
  • omlet — 48 000−98 000 so‘m;
  • blinchiklar — 68 000−108 000 so‘m.

Nonushtalarning to‘liq menyusi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Manzillar:

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 33−888−8807.


June

Yaqin Sharq taomlariga ixtisoslashtirilgan “June” kafesi kun bo‘yi tortiladigan nonushtalari bilan ham maqtana oladi. Manzilda taklif etiladigan taomlarning katta portsiyalari sabab ayrim nonushtalarni bemalol ikki kishi bo‘lib yeyish ham mumkin.

Narxlar:

  • mevali granola — 65 000 so‘m;
  • mortadellali kruassan — 95 000 so‘m;
  • shakshuka — 85 000−115 000 so‘m;
  • avokadoli tost — 95 000 so‘m;
  • lososli nonushta — 115 000 so‘m.

Nonushtalarning to‘liq menyusi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Manzil.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 33−888−8807.


Pir Republic

Asosan piroglar tayyorlash bilan mashhur boʻlgan va keyinchalik oʻz imkoniyatlarini kengaytirgan Pie Republic’da turli xildagi nonushtalar ham mavjud.

Narxlar:

  • klassik sirniklar — 90 000 so‘m;
  • granola — 75 000 so‘m;
  • tvorogli blinchiklar — 90 000 so‘m;
  • inglizcha nonushta — 110 000 so‘m;
  • shakshuka — 72 000 so‘m.

Nonushtalarning to‘liq menyusi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Manzillar:

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 95−196−8877.


Testo

Oʻz nomi bilan xamir ovqatlarga ixtisoslashtirilgani sezilib turadigan “Testo” kafesi o‘zining rang-barang tongi taomlari bilan ham maqtana oladi. Manzilda taklif etiladigan taomlar estetik ko‘rinishi bilan ham ajralib turadi.

Narxlar:

  • bo‘tqalar — 45 000 so‘m;
  • sirniklar — 65 000 so‘m;
  • blinchiklar — 60 000−75 000 so‘m;
  • shakshuka — 65 000 so‘m.

Nonushtalarning to‘liq menyusi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Manzillar:

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 90−026−1330.


Yakamoz

Turli nonushtalarni taklif etadigan kafe va restoranlar orasida turk oshxonasi ham boʻlishi tabiiy. “Yakamoz” kafesi aynan turkcha taomlarga ixtisoslashtirilgan hisoblanadi.

  • simit va turkcha bulochka — 15 000 so‘m;
  • omlet — 30 000 so‘m;
  • turkcha nonushta seti (assorti) — 125 000 so‘m;
  • 2 kishilik an’anaviy turk nonushtasi — 250 000 so‘m.

Nonushtalarning to‘liq menyusi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Manzil.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 70−360−8080.


Zira Cafe

Tashkent City maydonida joylashgan “Zira” kafesining ixcham va zamonaviy nonushta menyusidan benedikt, shaftoli qo‘shilgan guruch bo‘tqasi, inglizcha nonushta va boshqalar o‘rin olgan bo‘lib, bularga turli kokteyllar ham hamrohlik qilishi mumkin.

  • mortadelli Benedikt — 100 000 soʻm;
  • tvorogli zapekanka — 49 000 so‘m;
  • shaftoli qo‘shilgan guruch bo‘tqasi — 65 000 so‘m;
  • sirniklar — 65 000 so‘m;
  • omlet — 70 000 so‘m;
  • yashil grechka bo‘tqasi — 80 000 so‘m;
  • shakshuka — 80 000 so‘m;
  • inglizcha nonushta — 130 000 so‘m;
  • maxsus jamlanma nonushta — 190 000 so‘m.

Nonushtalarning to‘liq menyusi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Manzil.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 78−333−5515.


ЧайКоф

Toshkentda qahva madaniyatining asoschilaridan biri bo‘lgan va 2014-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan “ChayKof” tarmog‘idagi nonushtalar vaqt sinovidan oʻtgan deyish mumkin.

Narxlar:

  • inglizcha nonushta — 110 000 soʻm;
  • SSSR nonushta — 70 000 so‘m;
  • nonushta № 1 — 145 000 so‘m;
  • kontinental nonushta — 110 000 so‘m.

Nonushtalarning to‘liq menyusi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Manzillar.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 78−150−1666.

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling