UGOLЁK restorani qo‘shiq aytuvchi ofitsiantlar shousi bilan unutilmas bayram hadya etadi

Tug‘ilgan kunni nishonlash uchun joy tanlash — bu hamisha xush kayfiyat ulashuvchi, did bilan bezatilgan, zamonaviy va, albatta, taomlari mazali maskan izlash demak. UGOLЁK — ana shunday talablarning barchasiga javob beradigan restoran.
UGOLЁK — o‘ziga xos uslubdagi restoran bo‘lib, nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda qo‘shiq aytuvchi ofitsiantlarga ega ilk va sanoqli maskanlardan biridir. San’atkorlar jamoasiga moskvalik rejissyor Mixail Doloko rahbarlik qiladi.

UGOLЁK restoranining asosiy o‘ziga xosligi — bu uning muhitidir. Oqshom davomida restoranda jonli ijrodagi chiqishlar bo‘lib o‘tadi: ofitsiant-artistlar qo‘shiq kuylab, mehmonlarni ham o‘z chiqishlariga jalb etadi, akrobatik raqslar esa tomoshaga yanada joziba baxsh etadi. Shu bois, oddiygina kechki ovqat ham kutilmagan hissiyotlarga boy oqshomga aylanadi: mehmonlar artistlarga jo‘r bo‘lib kuylaydi, raqsga tushadi va tansiq taomlardan bahramand bo‘ladi.

Restoran interyeri zamonaviy uslubda yaratilgan: iliq yorug‘lik, tabiiy ranglar, yashillik va detallar tufayli makon bir vaqtning o‘zida ham shinam, ham zamonaviy ko‘rinadi.

Bu yil tug‘ilgan kunni “odatdagidek” emas, balki tayyor shou dasturi: jonli musiqa va chiroyli taqdimot bilan haqiqatan ham unutilmas bayram uyushtirmoqchi bo‘lganlar UGOLЁKni tanlashi mumkin.

Restoranda tug‘ilgan kunini nishonlayotganlarga alohida e’tibor qaratiladi: artistlar tomonidan uch tilda tabriklar aytiladi va tanlangan qo‘shiq ijro etiladi. Bu kunda tug‘ilgan kunini nishonlayotganlar o‘zini shubhasiz e’tibor markazida his qiladi.

Restoranning yana bir afzalligi — uning oshxonasidir. Bu yerda taomlar ko‘mirda va O‘zbekistondagi eng katta maxsus o‘tin pechlardan birida pishiriladi. Taomnomadan go‘shtli taomlar, dengiz mahsulotlari, grilda pishirilgan sabzavotlar va o‘ziga xos smoky ta’mli mualliflik gazaklari o‘rin olgan. Bunday format, ayniqsa, dasturxonga bir nechta taom buyurtma qilib, oqshomni shoshilmasdan o‘tkazishni istagan katta davralar uchun mos keladi.

Stollarni band qilishga ulgurish uchun sanani oldindan band qilgan ma’qul.

Bron qilish uchun telefon: (+998) 70−010−8866.
Manzil: Istiqbol ko‘chasi, 47, Infiniti turar-joy majmuasi.
Instagram: @ugolek.uz
Reklama huquqlari asosida.