Yandex Goʻdan Ultima Guide Toshkentning nufuzli restoranlarini tanlashda texnologiyalar qanday yordam beradi?

11-iyun kuni Yandex Go kompaniyasining yangilangan Ultima Guide texnologik qo‘llanmasi e’lon qilinadi, u sun’iy intellekt va mehmonlarning haqiqiy tajribasi asosida Toshkentdagi noyob restoranlarni topishga yordam beradi.
O‘zbekiston restoran industriyasi tobora raqobatbardosh bo‘lib bormoqda va shu bilan birga muassasalarni baholash uchun professional vositalarga bo‘lgan talab ham ortmoqda. Yandex Goʻning Ultima Guide loyihasi bozorga yangi formatni taklif qildi — bu gid ma’lumotlar tahlili va texnologik yondashuv yordamida mehmonlardan yuqori baho olgan, o‘ziga xos konsepsiya va sifatli oshxonaga ega restoranlarni xolis ajratib ko‘rsatadi.
Ultima Guide’ning asosiy xususiyati uning texnologik yondashuvidir. Loyiha vazifalaridan biri Toshkent restoran industriyasining bugungi holatini aks ettiruvchi raqamli gastroxaritani yaratish bo‘ldi. Statik kataloglardan farqli ravishda, gid har yili yangilanadi va bozor hamda mehmonlar dididagi o‘zgarishlarni hisobga oladi.

Gidga kirish uchun nomzodlar ro‘yxatini neyrotarmoq shakllantirishga yordam beradi. Sun’iy intellekt 3000 dan ortiq muassasani 100 dan ziyod mezon bo‘yicha tahlil qiladi. Boshqa gidlardan farqli ravishda, yakuniy saralash ekspertlar va foydalanuvchilar baholari bilan to‘ldiriladi. Bu esa nafaqat restoranlarning mashhurligini, balki haqiqiy mehmonlar tajribasi sifatini ham hisobga olish imkonini beradi. Ultima Guide’ning yana bir muhim jihati shundaki, unda restoranlar “eng yaxshidan eng yomongacha” tarzida reyting qilinmaydi. Restoranlar alifbo tartibida joylashtiriladi va bu raqobatdan ko‘ra shaharning gastronomik xilma-xilligiga urg‘u beradi.
Bundan tashqari, gidga nafaqat yuqori narx segmentidagi mashhur restoranlar, balki uzoq yillardan buyon mahalliy aholi ishonchini qozongan va shaharning o‘ziga xos qiyofasini shakllantirayotgan kichik loyihalar ham kirishi mumkin. Bu yondashuv Toshkentning “yashirin durdonalari"ni kashf etishga va keng auditoriya e’tiboridan chetda qolayotgan muassasalarning ko‘rinishini oshirishga yordam beradi.
Foydalanuvchilar uchun gid uchrashuvlar, tushliklar va shahar bo‘ylab sayrlar uchun joy tanlashni osonlashtiradi, industriya uchun esa muhim yo‘nalish va qo‘shimcha sifat mezoniga aylanadi.
Ultima Guide mahalliy aholi va sayyohlarga gastronomiya orqali mahalliy madaniyat bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. U mashhur restoranlar bilan bir qatorda autentik maskanlarni ham kashf etishga yordam beradi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar oldindan stol bron qilishlari mumkin, bu esa restoranlarga qo‘shimcha mahalliy va sayyohlik oqimini shakllantirishga yordam beradi.
Shu bilan birga, gidni yaratishdagi texnologik yondashuv O‘zbekiston gastronomik sahnasining zamonaviy, ochiq va jadal rivojlanayotganini ham namoyish etadi.
Ta’kidlash joizki, restoran gidlari O‘zbekiston uchun yangi hodisa emas. 2024-yilda TheMag tahririyati Chase Group va Votum Ratings agentliklari bilan hamkorlikda “Toshkentning top-100 restorani” bosma va onlayn katalogini taqdim etgan edi. Reytingga kirgan muassasalar oshxona turi va formatiga qarab alohida toifalarga ajratilgan.
Gibrid reytinglardan tashqari, to‘liq raqamli yechimlar ham mavjud. Shular qatorida stol bron qilish, menyu va amaldagi aksiyalar bilan tanishish imkonini beruvchi RestoGuide platformasini ham qayd etish mumkin.

Yandex Goʻning Ultima Guide restoran gidi odatiy gastronomik reytinglarga texnologik alternativa bo‘ldi. Birinchi gid 2025-yilda e’lon qilingan bo‘lib, unga Toshkentning top-20 restorani kiritilgan edi. Joriy yilgi yangilangan Ultima Guide esa iyun oyida taqdim etiladi.
Loyiha mualliflarining ta’kidlashicha, uning asosiy maqsadi restoran industriyasini qo‘llab-quvvatlash va biznes rivojiga ko‘maklashishdir. Gidga kirish uchun Yandex Go hamkori bo‘lish yoki yetkazib berish xizmatida ishlash majburiy emas.
“Menimcha, bu holatda sun’iy intellekt imkon qadar xolis ishlaydi va men buni qo‘llab-quvvatlayman. Restoran egasi uchun bu uning mahsuloti sifati tasdig‘ining yana bir belgisi bo‘lishi mumkin. Jamoa uchun esa bu ularning mehnati e’tirof etilgani va, ehtimol, yanada yaxshiroq ishlash uchun qo‘shimcha motivatsiyadir”, — deydi Zira bosh direktori Irina Salixova.
Saralashdan uch oydan kam faoliyat yuritayotgan yangi muassasalar, shuningdek klassik barlar, qahvaxonalar, fudmollar va uchdan ortiq filialga ega tarmoq restoranlari chiqarib tashlanadi. Ultima Guide metodologiyasi maxfiy bo‘lsa-da, loyiha mualliflari bunday muassasalarni baholash uchun boshqa yondashuv va mezonlar talab qilinishini ta’kidlashadi.
Bu borada ABgroup restoran xoldingi CEO va asoschisi Alisher Akramovning ham o‘z fikri bor.
“Bugungi kunda sun’iy intellekt nafaqat marketingda, balki boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda ham eng trend vositalardan biri hisoblanadi. Biz uni operatsion faoliyatimizda ham qo‘llashga harakat qilamiz. Ammo sun’iy intellekt taomlarning ta’mini yoki mehmonlar nigohi bilan restoranlarni baholay olmaydi. Shu sababli gidni shakllantirishda inson omilini istisno qilib bo‘lmaydi”, — deydi u.
Aynan shu sababli Ultima Guide tuzilayotganda mehmonlar fikriga alohida e’tibor qaratiladi. Gidning asosida restoranlarni mustaqil tanlaydigan, ularga muntazam tashrif buyuradigan va muassasalar sifati haqida xolis tasavvur shakllantiradigan insonlarning haqiqiy tajribasi yotadi.

Ultima Guide metodologiyasini ishlab chiqish uchun Yandex Go maslahatchi sifatida The World’s 50 Best Restaurants mukofotining Markaziy Osiyo, Sharqiy Yevropa va Rossiya bo‘yicha hakamlar hay’ati raisi Yekaterina Pugachevani jalb qilgan. Nufuzli restoranlarni tanlashda sun’iy intellekt bilan bir qatorda ularning mehmonlari ham ishtirok etadi. Shu sababli Ultima Guide saralashining ikkinchi va yakuniy bosqichi ovoz berish hisoblanadi.
Ovoz berishda mustaqil mahalliy ekspertlar — restoratorlar, sheflar va gastroinfluenserlar qatnashadi. Ularga taomlarning ta’mi, ingredientlar sifati, menyu xilma-xilligi va boshqa professional mezonlarga oid savollarni o‘z ichiga olgan anketa taklif etiladi.
Ovoz berishda ekspertlar bilan bir qatorda yil davomida restoranlarga tashrif buyurgan va Yandex servislaridan foydalangan Yandex Go foydalanuvchilari ham ishtirok etadi. Ular faqat o‘zlari real tajribaga ega bo‘lgan muassasalar uchun ovoz bera oladi. Shu bilan birga, ovoz berish mexanikasi natijalarga sun’iy ta’sir o‘tkazish imkoniyatini istisno qiladi: har bir foydalanuvchi faqat bir marta va faqat bitta restoran uchun ovoz bera oladi.
Yangilangan Ultima Guide’ga kiradigan restoranlar ro‘yxati 11-iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan marosimda e’lon qilinadi.
Shuningdek, Yandex Go Taomlar xizmati foydalanuvchilarga kundalik vazifalarni yanada qulayroq hal qilish imkonini berish maqsadida “Qayerga borish”, Ultima Guide va stol bron qilish kabi oflayn servislarni ham rivojlantirmoqda.
Reklama huquqlari asosida.