Yandex Uzbekistan Toshkent bo‘yicha yangilangan Ultima Guide gastronomik qo‘llanmasini taqdim etdi

E’lon qilingan sana· 48
Yandex Uzbekistan Toshkent bo‘yicha yangilangan Ultima Guide gastronomik qo‘llanmasini taqdim etdi

Ultima Yandex Goʻning mualliflik restoranlaridan taom yetkazib beruvchi premium xizmati jamoasi yangilangan texnologik restoran gidi — Ultima Guide’ni taqdim etdi. Shaharning top-25 restorani neyrotarmoq tahlili hamda ekspertlar va foydalanuvchilar ovoz berishi asosida saralandi.

Ultima Guide 2026 ro‘yxatiga kirgan restoranlar 11-iyun kuni Toshkentdagi JW Marriott mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan marosimda e’lon qilindi. Finalchilar gastronomik madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi uchun ramziy marvarid haykalchalari bilan taqdirlandi.

Ultima Guide’dan mehmonlar e’tirofiga sazovor bo‘lgan, o‘ziga xos konsepsiya va yuqori sifatli taomlari bilan ajralib turadigan restoranlar o‘rin oldi. Top-25 ro‘yxatdan milliy taomlar taklif qiluvchi OBI Hayot, Lali va The Choyxona, Yevropa va O‘rta yer dengizi oshxonasidagi “Sorrento” by Novikov, La Mer, Punto, Quadro, Osiyo konsepsiyasidagi Kitana va Furusato, manzarali Gravity, Oko va Restaurant 12 restoranlari, shuningdek, Zira Cafe va boshqa gastronomik joylarni topish mumkin.

Qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi. Ora restorani “A'lo servis”, “Eng yaxshi interyer” va “Foydalanuvchilar tanlovi” nominatsiyalarida g‘olib bo‘ldi. “Ekspertlar tanlovi” mukofoti “PRO.Xinkali” restoraniga, “Ultima Yandex Go foydalanuvchilari tanlovi” esa “Syrovarnya” by Novikov restoraniga topshirildi.

Marosim JW Marriott mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi va unda restoran sanoati, media, biznes hamda madaniyat sohasi vakillari jam bo‘ldi.

Gastronomik dasturga bosh oshpaz Yevgeniy Chekanin boshchiligidagi Selfie Astana jamoasi mas’ul bo‘ldi. Maxsus shu kecha uchun Qozog‘iston va O‘zbekiston gastronomik an’analarini o‘zida mujassam etgan taomlar tayyorlandi: mahalliy pomidor va baqlajonlar, Oqmola qovurg‘alari hamda Balxash laqqasi. Taomnomani qandolatchi Merey Rashitovaning shirinliklari — mahalliy ta’mlarga ega konfetlar assortisi, shumurtli medovik va mini-kanelelar to‘ldirdi.

Ultima Guide’dagi restoranlar ro‘yxati loyiha saytida va Yandex Go ilovasining Taomlar bo‘limida mavjud. Shuningdek, finalistlarni Yandex Maps’da “Ultima Guide” deb qidirish orqali topish mumkin. Bundan tashqari, qo‘llanmaga kirgan restoranlar Yandex Maps’da maxsus Ultima Guide belgilariga ega bo‘ladi.

Ultima Guide bir necha bosqichda shakllantirildi. Avval neyrotarmoq Toshkentdagi 3000 dan ortiq muassasani 100 dan ziyod mezon asosida tahlil qildi. Bunda restoranlarning Yandex servislarida ishlashi majburiy talab bo‘lmagan. Ovoz berish boshlanishi vaqtida uch oydan kam faoliyat yuritgan muassasalar, shuningdek, klassik barlar, qahvaxonalar, fud-mollar va tarmoq restoranlari saralashdan chiqarildi.

Sun’iy intellekt belgilangan mezonlar asosida 183 ta restoranni tanlab oldi, shundan so‘ng ovoz berish bosqichi boshlandi. Unda restoran egalari, bosh oshpazlar va gastroinflyuenserlar orasidan 69 nafar mahalliy ekspert, shuningdek, Yandex servislarida restoranlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan 6500 nafar Yandex Go foydalanuvchisi ishtirok etdi. Har bir foydalanuvchi individual havola orqali faqat bir marta ovoz bera oldi.

Natijalar Ultima Guide uchun maxsus ishlab chiqilgan va “Yakov va Hamkorlar” xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan tekshirilgan baholash modeli orqali hisoblab chiqildi.

Ultima Guide loyihasi 2024-yil sentabr oyida Toshkentda ishga tushirilgan Ultima Yandex Go premium xizmatlari turkumini to‘ldirdi. Ultima Business va Premier toifasidagi avtomobillarda safarlar hamda 40 dan ortiq mualliflik restoranlaridan taom yetkazib berishni taklif etadi.

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling