O‘zbekistonning the Burger brendi bir vaqtning o‘zida ikkita yangi xorijiy bozorga kirmoqda

E’lon qilingan sana· 59
O‘zbekistonning the Burger brendi bir vaqtning o‘zida ikkita yangi xorijiy bozorga kirmoqda

O‘zbekistonning the Burger smash-burgerlar tarmog‘i rivojlanishning yangi bosqichini e’lon qildi. Brend 2025-yilda Qozog‘iston bozoriga kirganidan so‘ng, xalqaro darajada kengayishini davom ettirgan holda 2026-yil avgust oyida Baku va Istanbulda bir vaqtning o‘zida o‘z restoranlarini ochadi.

the Burger uchun bu shunchaki yangi restoranlar ochish emas, balki O‘zbekistonda shakllangan xalqaro brendni yaratish strategiyasini amalga oshirish demakdir. Kompaniya ikki yil ichida Toshkentdagi bitta restorandan bir nechta mamlakatda faoliyat yurituvchi tarmoqqa aylandi.

the Burger loyihasiga 2024-yil may oyida Toshkent shahrida asos solingan. Brend falsafasi “Haqiqiy” so‘zida o‘z ifodasini topgan. U mahsulotning asl ta’miga bo‘lgan hurmatga asoslanadi: ziravorlarsiz yangi mol go‘shti, smash texnologiyasi, mualliflik noni va brendning o‘zida tayyorlangan maxsus souslar.

Bakudagi restoran menyusi Toshkent va Olmaota mehmonlariga tanish bo‘lgan the Burger’ning o‘ziga xos retsepturasini to‘liq saqlab qoladi, biroq bir alohida qo‘shimcha bilan: asosiy menyu konsepsiyasini o‘zgartirmagan holda, Ozarbayjon gastronomik an’analaridan ilhomlanib, aynan ozarbayjonliklar uchun qo‘y go‘shtidan eksklyuziv burger tayyorlanadi. Barcha burgerlar uchun maxsus nonlar avvalgidek brendning yagona retsepti bo‘yicha O‘zbekistonda pishirilib, Bakuga yetkazib beriladi — bu qaysi mamlakatda bo‘lishidan qat’i nazar, mahsulotning bir xil sifatini ta’minlaydigan standartning bir qismidir.

“Avgust oyida Baku bilan bir vaqtda Istanbulda ham the Burger restoranini ham ochamiz. Yangi shoxobcha tarmoqning yettinchi, Turkiyadagi birinchi restorani bo‘lib, brend geografiyasini to‘rtta mamlakatgacha kengaytiradi. Biz uchun bu mahsulot, xizmat ko‘rsatish va sifatning yagona standartlariga ega xalqaro restoranlar tarmog‘ini yaratish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyani amalga oshirish yo‘lidagi navbatdagi qadamdir”, — deya ta’kidladi the Burger tarmog‘i bosh menejeri Bahodir Ergashev.

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling