Brasserie Toshkentda to‘rtinchi kafesini — Brasserie Mirabad’ni ochdi

14-avgust kuni Toshkentda Brasserie tarmog‘ining to‘rtinchi kafesi ochildi. Muassasa Brasserie Mirabad nomini oldi va Oybek ko‘chasi, 50-uyda joylashgan.
Yangi maskan tarmoqning asosiy xususiyatlarini — kunu tun ishlash tartibi, jonli ko‘kalamzorlikning mo‘lligi va turli oshxonalar uyg‘unligini — saqlabgina qolmay, mualliflik dizayn-loyihasi asosida bajarilgan o‘ziga xos interyerni ham oldi. Kafe mehmonlarni sutkasiga 24 soat, haftasiga yetti kun qabul qiladi. Bu yerda erta tongda nonushta qilish yoki tunda ovqatlanish mumkin, ya‘ni tumandagi aksariyat muassasalar yopiq bo‘lgan paytda ham.
Menyu bir necha oshxona taomlarini birlashtiradi — yevropa, osiyo va milliy o‘zbek taomlari. Tarmoq bu formatni boshidanoq rivojlantirib kelmoqda: tor ixtisoslashuv o‘rniga mehmonlarga turli did, sabab va vaqtga mo‘ljallangan tanlov taklif etiladi. Bir dasturxon atrofida turli didga ega insonlar yig‘ilishi va har biri o‘ziga mos taomni topishi mumkin.
Interyerga alohida e‘tibor qaratilgan. Brasserie Mirabad’ning har bir elementi alohida ishlab chiqilgan — zal rejasi va zonalarga bo‘linishidan tortib o‘simliklar tanloviga qadar. Konsepsiya asosini Brasserie‘ning o‘ziga xos jihatlaridan biri — jonli ko‘kalamzorlashtirish tashkil etadi: joy ko‘katlar bilan to‘ldirilgan bo‘lib, voha muhitini yaratadi. Bunday yechim kafeni zich shahar qurilishi fonida ajratib turadi va uni nafaqat ovqatlanish, balki ish yoki suhbat uchun bir necha soat vaqt o‘tkazish mumkin bo‘lgan joyga aylantiradi.
Oybek ko‘chasidagi joylashuv tanlovi tumanning rivojlangan infratuzilmasi va transport qulayligi bilan bog‘liq.
To‘rtinchi muassasaning ochilishi O‘zbekiston bozorida 15 yildan ortiq faoliyat yuritayotgan tarmoq rivojining davomi bo‘ldi. Shu vaqt ichida Brasserie bitta kafedan to‘rtta maskanga aylandi:
- Brasserie Labzak — Labzak ko‘chasi, 36-uy;
- Brasserie Minor — Moliya instituti yonida, Niyozbek yo‘li, 2-uy;
- Brasserie Park — Islom Karimov ko‘chasi, 17-uy (SUM);
- Brasserie Mirabad — Oybek ko‘chasi 50-uy.
Har bir manzil taniqli shahar mo‘ljaliga bog‘langan va Toshkentning tumanlarini qamrab oladi.
Telefon: (+998) 50−704−3333.
Manzil: Oybek ko‘chasi, 50.
Sayt: brasseriecafe.uz
Instagram: @brasseriemirabad.uz
Reklama huquqlari asosida.