Har bir buyurtmadan foyda: EVOS kompaniyasi EVOS Rewards’ni ishga tushirdi

EVOS Rewards sodiqlik dasturi ishga tushirildi: har bir buyurtma uchun bonus ballari beriladi va yangi a’zolar 15 000 ta “xush kelibsiz” ballarini qo‘lga kiritadi. Shu bilan birga, tarmoq Chizzi-Chizz pishloq menyusini taqdim etdi.
O‘zbekistondagi tezkor xizmat ko‘rsatish restoranlari tarmog‘i har bir buyurtmani bonus ballariga aylantiradi va dastur ishga tushirilishi munosabati bilan har bir yangi ishtirokchiga 15 000 ta “xush kelibsiz” bonus ballarini taqdim etadi. Shuningdek, pishloq ishqibozlari uchun taomnomada pishloqning uch karra porsiyasi solingan yangi Chizzi-Chizz'ni taqdim etadi.
Mazali taomlar endi yanada ko‘proq foyda olib keladi. O‘zbekistonning bir necha avlod vakillariga tanish bo‘lgan EVOS tezkor ovqatlanish restoranlari tarmog‘i har kuni EVOS’ning barcha 90 ta restoranida va istalgan buyurtma berish kanali orqali amalga oshirilgan har bir buyurtma uchun bonuslarni qo‘lga kiritish imkonini beruvchi EVOS Rewards yagona sodiqlik dasturi ishga tushirilganini e’lon qiladi.
Dastur qoidalari sodda va tushunarli. Ishtirokchilarga har bir buyurtma summasining 5 foizi miqdorida bonus ballari hisoblanadi. Ushbu ballar orqali istalgan xarid qiymatining 20 foizigacha to‘lash mumkin. Bir bonus bali bir o‘zbek so‘miga teng — hech qanday murakkab hisob-kitoblar va mayda shriftlar yo‘q. Shunchaki, buyurtmani rasmiylashtirib, QR-kodni skanerlab va tejam qanday ortib borayotganini kuzatish mumkin.
“EVOS mehmonlari manfaatli taklifga ega bo‘lishi uchun maxsus aksiyani kutishga hojat yo‘q. EVOS Rewards bilan mukofotlash har bir tashrifning bir qismiga aylanadi: ish kunidagi tushlik tanaffusida xarid qilingan lavash ham dam olish kunlari butun oila uchun berilgan buyurtma ham bonuslarni olib keladi. Dasturni shunchalik sodda qildikki, uni atigi o‘n soniyada tushunib olish, foydasini esa birinchi buyurtmadanoq his qilish mumkin. Mehmonlarimizning ehtiyojlarini tushunish va rostdan ham muhim bo‘lgan onda mukofotlash, — ushbu dasturning asosiy g‘oyasi”, — deya ta’kidladi EVOS marketing bo‘limining direktori Kseniya Rodina.
15 000 ta “xush kelibsiz” ballari — ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng darhol
Dasturning ishga tushirilishi munosabati bilan yangi ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng darhol 15 000 ta “xush kelibsiz” bonuslarini qo‘lga kiritadi. Ularning amal qilish muddati — 14 kun. Dasturga bir daqiqadan ham kamroq bo‘lgan vaqt ichida qo‘shilish mumkin:
- EVOS ilovasi, sayt, Telegram bot orqali yoki restorandagi istalgan o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish kioskida ro‘yxatdan o‘tish;
- telefon raqamni SMS yordamida tasdiqlash — va tayyor.
Bonuslarni hisobga qabul qilish yoki yechib olish uchun EVOS ilovasida QR-kodni to‘lovdan avval ko‘rsatish kerak.
Bonuslarga ega bo‘lishga yanada ko‘proq sabablar
EVOS Rewards bir martalik aksiya uchun yaratilmagan — dastur ishtirokchilarga doimiy ravishda foyda olib keladi:
- buyurtma summasidan 5% bonus ballari bilan qaytadi;
- xarid narxining 20 foizigacha bo‘lgan miqdorini bonus ballari bilan to‘lash mumkin;
- 10 000 ta bonus ballar tug‘ilgan kunga;
- 180 kun — xaridlar uchun hisoblangan ballarning amal qilish muddati: ulardan foydalanish uchun yetarli vaqt.
Bonuslarni sarflashning yangi imkoniyati: Chizzi-Chizz menyusi
Hozir bonuslarni to‘plashni boshlashning ayni vaqti. EVOS Rewards dasturi ishga tushirilishi bilan bir vaqtda restoranlar tarmog‘i pishloq ishqibozlari uchun mo‘ljallangan, cheklangan muddat davomida amal qiladigan Chizzi-Chizz maxsus taomnomasini taqdim etadi. Yangi taomlarni 2027-yil 14-yanvargacha tatib ko‘rish mumkin.
Asosiy yangilik — tovuq yoki mol go‘shtili pishloq qo‘shilgan Chizzi-Chizz Lavash uch xil ko‘rinishda: maxsus pishloqli retsept asosida tayyorlangan xamir, eritilgan cheddar pishlog‘ining uchta bo‘lagi va to‘yingan ta’mga ega “To‘rt xil pishloq” sousi. Taomni qarsildoq chipslar va yangi sabzavotlar yanada mazali qiladi. Garnir sifatida esa xuddi shu “To‘rt xil pishloq” sousi ostida tortiladigan tilla rang Chizzi-Chizz Fries kartoshka fri taklif etiladi.
Yana bir yangilik: EVOS Rewards ishtirokchilari Chizzi-Chizz taomnomasidagi har bir mahsulot uchun belgilangan 5000 bonus ballarini qo‘lga kiritadi. Ushbu ballar buyurtma summasidan hisoblanadigan standart 5% bonuslarga qo‘shimcha ravishda taqdim etiladi.
Bugunoq bonuslar to‘plashni boshlash mumkin
EVOS ilovasini yuklab olib, ikki bosqichda ro‘yxatdan o‘tib va 15 000 ta “xush kelibsiz” bonus ballariga ega bo‘lish mumkin.
EVOS kompaniyasi haqida
EVOS — Toshkent hamda mamlakat viloyatlaridagi 90 ta restoranlarida yangi tayyorlangan lavashlar, burgerlar, shaurma va boshqa taomlarni taklif etadigan o‘zbek tezkor xizmat ko‘rsatish restoranlari tarmog‘i. Yetkazib berish xizmati EVOS ilovasi, veb-sayti va Telegram orqali mavjud. Kompaniya Toshkent shahrida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda O‘zbekistonning eng tez rivojlanayotgan restoran brendlaridan biri hisoblanadi. Batafsil — saytda.
EVOS Rewards dasturi va Chizzi-Chizz taklifining to‘liq qoidalari, jumladan, bonus ballarini hisoblash va yechib olish shartlari, ularning amal qilish muddatlari hamda istisnolar bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.
Reklama huquqlari asosida.