Toshkentda B&B’ning to‘qqizinchi filiali — B&B Aviator ochildi

Mahtumquli ko‘chasida joylashgan yangi qahvaxona B&B Beans & Brews tarmog‘ining ilk franchayzing filiali bo‘ldi.
7-noyabr kuni Toshkentda B&B Beans & Brews tarmog‘ining to‘qqizinchi qahvaxonasi — B&B Aviator ochildi. Mahtumquli ko‘chasi, 178-uyda joylashgan yangi maskan, kompaniyaning franchayzing modeli asosida amalga oshirilgan ilk loyihasi hisoblanadi.

Ushbu ochilish B&B brendining 11 yilligi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi. Bu davr mobaynida tarmoq shahar qahva madaniyati bilan birga rivojlanib, o‘z faoliyatini kengaytirdi va shahardagi qahvaxonalar uchun o‘ziga xos formatni shakllantirdi.

Bayram dasturi birdaniga ikki muhim voqeaga bag‘ishlandi. Mehmonlar uchun qahva, elektron musiqa va muloqotni birlashtirgan kunduzgi Coffee Rave tashkil etildi. To‘rt soat davomida maydonda DJ chiqish qildi. Bayramga blogerlar, OAV vakillari hamda tarmoq mehmonlari ham qo‘shildi.

B&B Aviator’ning ishga tushirilishi kompaniya rivojlanishining yangi bosqichini boshlab berdi. Franchayzing yo‘nalishi tarmoqni kengaytirish va yangi qahvaxonalar ochilishiga hamkorlarni jalb qilish imkonini beradi. Bunda brendning yagona konsepsiyasi, mahsulot sifati va xizmat ko‘rsatish standartlari saqlab qolinadi.
Manzil: Mahtumquli ko‘chasi, 178-uy.
Instagram: @bnb.uz
Reklama huquqlari asosida.