O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar Ozon platformasida sotilishi rejalashtirilmoqda

E’lon qilingan sana· 614
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar Ozon platformasida sotilishi rejalashtirilmoqda

Rossiyaning “Ozon” onlayn savdo platformasi O‘zbekistonda logistika markazini ochadi. Bu haqda “O‘zcharmsanoat” uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Uyushma raisi bilan uchrashuvda kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, Rossiya bozorida “Made in Uzbekistan” yorlig‘i ostidagi mahsulotlarga talab ortayotgani O‘zbekistonda “Ozon"ning logistik markazini yo‘lga qo‘yish ehtiyojini yuzaga keltirgan.

Mazkur logistika markazi orqali O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan quyidagi mahsulotlarni Rossiya savdo tarmoqlari va korxonalariga sotish imkoniyati yaratiladi:

  • charm mahsulotlar;
  • EVA granulalari;
  • sun’iy va tekstil matosidan poyabzallar (mavsumiy yengil hamda bolalar, ayollar va erkaklar poyabzallari);
  • charm-attorlik buyumlari va qorako‘l mahsulotlari.