Foto: Tashkent City Mall`da Dildora Kasimovaning do‘koni ochildi

E’lon qilingan sana· 604
Foto: Tashkent City Mall`da Dildora Kasimovaning do‘koni ochildi

18-aprel kuni Tashkent City Mall’da Dildora Kasimovaning moda makoni — butik-doʻkonining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Butikga kiraverishda mehmonlarni fotozona — dizayner logotipi tushirilgan soʻzanadan yasalgan devorlar va Dildoraning shoularida an’anaga aylangan sharqona gilam kutardi.

Kulminatsion nuqtada Dildora lentani qirqib, doʻkonni rasman ochib berdi.

Butikda har bir detallarga alohida urgʻu berilganini koʻrish mumkin.

Dildora yaqinlarining duosi ila, yangi dizaynerlik makonining asosiy gʻoyalari bilan boʻlishdi. Dildora Kasimova oʻzining koʻp yillik faoliyati davomida futbolkalar, koʻylaklar, jinsi shimlar, choʻponlar, sumkalar va boshqalarni oʻz ichiga olgan koʻplab toʻplamlarni chiqardi. Doʻkonda ularni ham topish mumkin.


Bu yerda Dildora Kasimova Arapkhanovi, Dildora Kasimova + Koma, DK + Black Quail kabi kollaboratsiyasiyalar ham taqdim etilgan.

Yevgeniy Sorochin
Fotosuratchi
Yevgeniy Sorochin
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ