“Fonon” zargarlik uyi brilliantlar haqidagi sirlarni ochmoqda
“Fonon” zargarlik uyi brilliantlarning qimmatbaholik darajasini o‘rganish bo‘yicha mahorat darslariga taklif qiladi. Ularni zargarlik buyumlari sohasida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis-spikerlar olib boradi.
Milliy va asosiysi, ishonchli brend hisoblangan — “Fonon” zargarlik uyi, bir necha yildan buyon o‘z maqomini mamnuniyat bilan ko‘klarga ko‘tarib kelmoqda. O‘zining sifatli va betakror dizaynga ega bo‘lgan taqinchoqlari bilan nafaqat O‘zbekiston ichra, balki jahonga tanilib borayotgan brend, mijozlari uchun foydali bo‘lgan navbatdagi loyihaga qo‘l urdi.
Brilliantlar — yer yuzidagi qimmatbaho va betakror buyumlardan biri. Ammo ularning qimmatliligini belgilovchi parametrlari, ya’ni darajasi, tozaligi va shu kabi ko‘rsatkichlari mavjud. Ushbu ma’lumotlar bo‘yicha hech bo‘lmasa boshlang‘ich bilimga ega bo‘lmagan zargarlik buyumlarini xushlovchi insonlar hozirgi zargarlik bozorida aldanib qolishi hech gap emas.
Aynan ushbu bilimlarni qadrli mijozlari bilan ulashish maqsadida “Fonon” zargarlik uyi davomiy mahorat darslarini tashkil qildi. Uni zargarlik sohasida uzoq yillik tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis spikerlar olib boradi. Jumladan, Ekrem Sagel — 25 yillik tajribaga ega notiq, Solixov Bekzod — qimmatbaho toshlar bo‘yicha bir nechta o‘quv darajasiga ega bo‘lgan mutaxassis kabilar o‘z bilimlari bilan bo‘lishib kelmoqda.
Mahorat darslarining oddiy tadbirlardan farqi — uning faqat haqiqatga tayangan ma’lumotlarni yetkazishda. Afsuski, hozirgi kunda zargarlik bozorida qimmatbaho toshlarning haqiqiy darajalarini aniqlash qiyinlashmoqda.
“Fonon” zargarlik uyining mahorat darslari esa aynan shu muammolarni bartaraf etish, hamda xaridni nafaqat yoqimli, balki foydali qilish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Qiziqarli faktlar va foydali maslahatlar bilan to‘la bo‘lgan tadbir formati, qatnashuvchilarga ma’qul keldi. Eng birinchi va asosiy sabablaridan biri shuki, tadbirda barcha nazariyalar, amaliyotda ham ko‘rsatiladi. Buning uchun maxsus asbob-uskunalarda, har xil turdagi taqinchoqlar qatnashuvchilar bilan birga tekshiriladi. Ushbu qiziqarli jarayonda barchasini ko‘rish mumkin va, albatta, oʻzingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olish mumkin.
Shuningdek, mahorat darsida oltin va brilliantlarning sarmoya sifatidagi afzalliklari haqida ham muhim ma’lumotlar taqdim etiladi. Ushbu ma’lumotlar faqat aniq bo‘lgan sonlar va tasdiqlangan faktlarga tayanadi.
“Fonon” zargarlik uyi o‘z mijozlarining amalga oshirgan xaridlariga ishonchi ortishi, shuningdek, xaridlari orqali kelajak uchun foydali sarmoya kiritish bilan birga haqiqiy hashamatni his etishi tarafdoridir.
Reklama huquqlari asosida.