REDTAG kiyimlari endi Uzum Market'da 30% chegirma bilan mavjud

E’lon qilingan sana· 79
REDTAG kiyimlari endi Uzum Market'da 30% chegirma bilan mavjud

Uzum Market’da REDTAG xalqaro brendining kiyimlari paydo bo‘ldi. Kuzgi kolleksiya 30% chegirma bilan taqdim etilmoqda.

REDTAG brendining butun oila uchun qulay va zamonaviy kiyimlarini endi Uzum Market milliy marketpleysida 30% chegirma bilan xarid qilish mumkin.

“Onlayn xaridlar o‘zbekistonliklar uchun odatiy holga aylanib bormoqda: Toshkentda u allaqachon kundalik hayotning bir qismi boʻlib qolgan, boshqa viloyatlarda esa faol ommalashmoqda — ayniqsa kiyim-kechak va oyoq kiyimlar toifalari. Uzum Market’ning fashion yo‘nalishi (kiyim, poyabzal va aksessuarlar) bo‘yicha talab o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 40 foizga oshgan.

Xaridorlar marketpleyslarni bir qancha afzalliklari uchun qadrlashadi: mamlakatning turli shaharlari aholisiga tovarlar va brendlarning keng tanlovi mavjudligi va yetkazib berish punktlarida kiyib ko‘rish imkoniyati borligi uchun. Shuningdek, Uzum Market muntazam ravishda brendlar bilan birgalikda aksiyalar o‘tkazadi va mavsumiy kolleksiyalar uchun maxsus narxlarni taklif qiladi. Biz assortimentni kengaytirish va jahon brendlarini mamlakatning barcha aholisiga taqdim etishda davom etmoqdamiz", — dedi Uzum Market’ning Fashion departamenti direktori Alina Musiyenko.

REDTAG — Birlashgan Arab Amirliklarining xalqaro kiyim-kechak brendi bo‘lib, Yaqin Sharq va Osiyodagi 225 dan ortiq do‘konlarda taqdim etilgan. To‘plamlarning asosini keng auditoriya didiga yo‘naltirilgan ayollar, erkaklar va bolalar uchun zamonaviy va qulay kundalik kiyimlari tashkil etadi. Uzum Market’da REDTAGʻning yangi kuzgi kolleksiyasi allaqachon mavjud: shinam matolar, zamonaviy modellar va butun oila uchun boy ranglar palitrasi.

Bundan tashqari, 29-sentyabrgacha Uzum Market’da kuzgi yarmarka bo‘lib o‘tadi: kiyim-kechaklar, isitish elektronikasi, uy-ro‘zg‘or va shinamlik yaratish uchun tovarlar 30% gacha chegirmalar bilan taqdim etiladi. Buyurtmani Uzum Market ilovasi yoki saytida rasmiylashtirish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling