Uzum Market tilla taqinchoqlar savdosini yo‘lga qo‘ydi

Endi platformada oltindan yasalgan zargarlik buyumlari mavjud. Ularni bir necha kun ichida butun mamlakat bo‘ylab 400 dan ortiq aholi punktlariga yetkazib berish orqali buyurtma qilish mumkin.
Yangi toifada Uzum Market xaridorlariga allaqachon yoqa boshlagan Pandora va Sokolov brendlari, shuningdek, yangi mahalliy Merrit Gold va Butterfly Gold ishlab chiqaruvchilarining uzuklari, bilakuzuklari, ziraklari, taqinchoqlari va boshqa zargarlik buyumlari taqdim etilgan.

Barcha tilla buyumlar sertifikatlash bosqichidan o‘tadi: mutaxassislar har bir mahsulotning haqiqiyligini tekshiradi va shundan keyingina u sotuvga chiqariladi.

Bundan tashqari, zargarlik buyumlariga 6 oylik kafolat beriladi — ishlab chiqarish nuqsoni aniqlangan taqdirda, mahsulotni qaytarish yoki almashtirish mumkin.

“O‘zbekistonliklar allaqachon brend kiyimlari va aksessuarlarini onlayn xarid qilish qulayligini baholadi, shu tariqa taqinchoqlar toifasi o‘tgan yilning avgust oyiga nisbatan deyarli bir yarim baravar o‘sishni ko‘rsatdi. Biz bu yo‘nalishlarni rivojlantirishda davom etmoqdamiz — oltin taqinchoqlarning paydo bo‘lishi bilan „Aksessuarlar“ toifasidagi tovarlar soni 94 000 taga yetdi. Barcha mahsulotlarni 3, 6 yoki 12 oylik muddatli to‘lovga sotib olish mumkin, bu esa xaridni yanada foydali qiladi”, — dedi Uzum Market’ning Fashion departamenti direktori Alina Musiyenko.

Buyurtmani Uzum Market ilovasida yoki saytida amalga oshirish mumkin. Uzum kartasi bilan to‘langanda butun kolleksiyaga 30% gacha chegirma amal qiladi. Oltin taqinchoqlar Uzum Nasiya tomonidan 3, 6 yoki 12 oylik muddatli to‘lovga ham taqdim etiladi.
Reklama huquqlari asosida.