Foydali xaridlar mavsumi: Uzum Market kuzgi chegirmalarni e’lon qildi

Uzum Market yilning eng katta chegirmalar mavsumini oldinroq boshladi — kampaniya oktyabr oyidayoq start oldi. Bu o‘zbekistonliklarga arzonlashtirilgan narxlarda ko‘proq tovarlarni xarid qilish imkoniyatini beradi.
Noyabr an’anaviy ravishda onlayn-xaridlar uchun asosiy oyga aylanadi: oldinda foydalar mavsumi — “11.11” va “Barakali juma” kutmoqda. Yildan-yilga o‘zbekistonliklar bu davrga tobora puxtaroq tayyorgarlik koʻrmoqda: ular birinchi bo‘lib buyurtma berish uchun mahsulotlarni oldindan savatga qo‘shib, saralanganlar ro‘yxatiga kiritib, narx o‘zgarishlarini kuzatib bormoqda.
Uzum Market’dagi savdolarning asosini platforma sotuvchilari tashkil etadi. Aksiyaga ilk kunlardanoq 200 dan ortiq sotuvchi qo‘shilib, elektron texnika, maishiy jihozlar, kiyim-kechak, kosmetika va xonadon uchun buyumlar kabi toifadagi 100 mingdan ortiq tovarni 80% gacha chegirma bilan taqdim etdi. Har hafta marketpleysga yangi takliflar qo‘shilib, yetti kun amal qiladigan chegirmalar to‘plamini yangilab boradi.

Uzum Market ham yuqori talab mavsumiga faol tayyorgarlik ko‘rmoqda. So‘nggi bir yil ichida platforma assortimenti ikki barobarga oshdi. Marketpleysda bir nechta qulay to‘lov usullari, jumladan, Uzum Nasiya orqali bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud. Shuningdek, Uzum kartasi egalari uchun 30% gacha qo‘shimcha chegirmalar beriladi. Chegirmalar mavsumida mamlakat bo‘ylab tez va barqaror yetkazib berishni ta’minlash uchun logistika va ombor xizmatlari kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda.
Uzum Tezkor’da ham foydali takliflar mavsumi boshlandi — EVOS, KFC, Oqtepa Lavash, Bellissimo Pizza kabi brendlardan “1+1”, “2+1” aksiyalari va chegirmalar har kuni yangilab borilmoqda.
Bugungi kunda Uzum Market O‘zbekistonning eng yirik milliy elektron savdo platformalaridan biri bo‘lib qolmoqda: mamlakat bo‘ylab 400 dan ortiq aholi yashaydigan punktlarida 1200 dan ziyod buyurtma olish nuqtalari faoliyat yuritmoqda.
Reklama huquqlari asosida.