Korporativga tayyorgarlik: Uzum Market’da bayram kechasi uchun liboslar

E’lon qilingan sana· 158
Korporativga tayyorgarlik: Uzum Market’da bayram kechasi uchun liboslar

Uzum Market 2025-yilning dolzarb modalarini aks ettiruvchi oqshom kiyim-kechak to‘plamini taqdim etdi. Unda payetkali ko‘ylaklardan tortib yopinchiqli modellargacha, shuningdek, baxmal liboslar va bayramona ko‘rinishni yakunlovchi aksessuarlar ham o‘rin olgan.

Oldinda korporativlar, oilaviy uchrashuvlar va bayramona kechki ziyofatlar mavsumi. Bu davrga Uzum Market 2025-yilning dolzarb trendlaridagi oqshom obrazlari to‘plamini tayyorladi.

Payetkali liboslar

Payetkali va yaltiroq elementli ko‘ylaklar mavsumning asosiy trendlaridan biri hisoblanadi. Tovlanuvchi matolar va nafis bezak detallari yorqin obrazni yaratib, korporativlar va yangi yil tadbirlari uchun juda mos keladi.

Artikullar:

  • kostyum ko‘rinishidagi oqshom ko‘ylagi: UM2162285;
  • payetkali tasmali ko‘ylak: UM1967088;
  • plus-size o‘lchamli nafis ko‘ylak: UM2075070;
  • payetkali midi yubka: UM1968770.

Yopinchiqli oqshom ko‘ylagi

Mavsumning aktual yechimlaridan biri yopinchiqli ko‘ylaklar bo‘ldi. Yengil-keyp obrazga shakl qo‘shadi, yelka chizig‘iga urg‘u beradi va nafis siluetni yaratadi. Bunday modellar universal bo‘lib, turli xil qomatlarga mos keladi.

Artikullar:

  • to‘r yopinchiqli ko‘ylak: UM1992092;
  • oq yopinchiqli ko‘ylak: UM2060057;
  • yopinchiqli maksi ko‘ylak: UM1923991;
  • shleyfli oqshom ko‘ylagi: UM1859443.

Baxmal matoli liboslar

Baxmal qishki to‘plamlarning klassik matosi bo‘lib qolmoqda. Uning qalin to‘qimasi shaklni saqlab qolib, rangni yorqinroq va ko‘rinishni yanada yaxlit qiladi. Baxmal ko‘ylaklar ham tantanalar, ham rasmiyroq tadbirlar uchun mos keladi.

Artikullar:

  • plus-size baxmal ko‘ylak: UM2087684;
  • to‘q qizil ko‘ylak: UM2081282;
  • fransuz uzunligidagi ko‘ylak: UM1455667;
  • oq yoqali kalta ko‘ylak: UM2007302.

Aksessuarlar va poyabzal

Aksessuarlar va poyabzal libosni to‘ldiradi va uni yanada ifodali qiladi. Milliy marketpleysda oqshom uchun sumkachalar, zamonaviy poyabzal, oltin va kumush taqinchoqlar, shuningdek, olmos toshli modellar taqdim etilgan.

Artikullar:

  • oqshom tuflisi: UM1498277;
  • mini sumka: UM1434603;
  • Sokolov kumush ziraklari: UM1336319;
  • kumush bilaguzuk: UM1975212.

Uzum Market’da 140 ming so‘mdan boshlanadigan oqshom liboslari keng assortimentda taqdim etilgan — yangi yil aksiyasi doirasida ko‘plab mahsulotlarga 80% gacha chegirmalar amal qiladi. Mahsulot artikuli bo‘yicha yoqqan libosni topish, buyurtma berish va uni qulay kiyinish xonalari bo‘lgan 1200 ta topshirish punktidan birida kiyib ko‘rib, faqat mos kelganini olish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling