Butun oila uchun 700 000 so‘mga Yangi yil dasturxoni: Uzum Market tavsiyalari

E’lon qilingan sana· 282
Butun oila uchun 700 000 so‘mga Yangi yil dasturxoni: Uzum Market tavsiyalari

Uzum Market milliy marketpleysi va Uzum Tezkor yetkazib berish xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, bu yilgi Yangi yil dasturxoni uchun xarajatlar 700 000 so‘mdan boshlanishi mumkin. Bu summaga salatlar uchun asosiy mahsulotlar, ho‘l va quritilgan mevalar, shirinliklar hamda ichimliklar kiradi.

Yangi yil an’anaviy ravishda oilaviy uchrashuvlar, bayram ziyofatlari va shu bilan birga xarajatlar vaqti bo‘lib qolmoqda. O‘zbekistonliklarga ortiqcha xarajatlarsiz oilaviy tantanalarni tashkil etishda yordam berish maqsadida, Uzum Market 2 milliondan ortiq mahsulot takliflarini tahlil qilib, bayram dasturxonidagi barcha an’anaviy taomlarni — olivyedan tortib oshgacha saqlab qolgan holda tejash imkonini beruvchi tavsiyalarni jamladi.

Bu yil olivye salati uchun konservalangan yashil noʻxatni 9000 so‘mdan sotib olish mumkin, salat va gazaklar uchun kolbasalarni esa to‘plamlarda xarid qilish foydaliroq: besh turdagi kolbasalar to‘plami taxminan 186 000 so‘mni tashkil etadi. Ichimliklarni ham qadoqlab sotib olish foydaliroq — 1,5 litrlik oltita Coca Cola to‘plami 85 000 so‘mni tashkil etadi.

Barcha kerakli mahsulotlar yoki tayyor taomlarni yarim soat ichida uygacha yetkazib berish kerak bo‘lsa, Uzum Tezkor orqali buyurtma berish mumkin — do‘konlar, kafe va restoranlar ham maxsus yangi yil takliflarini tayyorlab qo‘ygan. Masalan, 1,2 kg kartoshka yoki sabzi taxminan 6000 so‘mga, piyoz esa taxminan 4000 so‘mni tashkil etadi. Xizmat hatto 31-dekabrda ham ishlaydi, shu bois yangi yil dasturxoni uchun oziq-ovqat va taomlarni bayram kuni ham buyurtma qilish imkoniyati mavjud.

Shunday bo‘lsa-da, o‘zbekistonliklar uzoq kutilgan bayramga tayyorgarlikni oldindan boshladi. Dekabr oyining uchinchi haftasiga kelib, “Konservalar” toifasidagi talab oyning birinchi haftasiga nisbatan 70% ga oshdi. “Ichimliklar va sharbatlar” toifasidagi mahsulotlarga dekabr oyi boshidagiga qaraganda ikki barobar ko‘proq buyurtma berilmoqda. Shirinliklar toifasida ham o‘sish kuzatildi — o‘zbekistonliklar konfetlar va shirinlik to‘plamlariga 90% ko‘proq buyurtma bermoqda. Dekabr oyining mashhur xaridlari orasida kungaboqar yog‘i, yashil no‘xat va konfetlar bor.

Yangi yil arafasida Uzum Market’da “Foyda to‘lqini” aksiyasi o‘tkazilmoqda: oziq-ovqat, elektronika, texnika va yangi yil tovarlari 80% gacha chegirmalar bilan taklif etilmoqda. Uzum kartasi bilan to‘langanda, foydalanuvchilar qo‘shimcha imtiyozga — butun assortiment uchun 35% gacha chegirmaga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, xaridlarni Uzum Nasiya orqali 3, 6, 12 yoki 24 oyga bo‘lib to‘lashga rasmiylashtirish mumkin — bu bayramga tayyorgarlikni byudjetga ortiqcha yuk bo‘lmasdan o‘tkazish imkonini beradi.

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling