Yandex Go bayram kunlari safarlarda qanday pul tejash mumkinligini ma’lum qildi

E’lon qilingan sana· 91
Yandex Go bayram kunlari safarlarda qanday pul tejash mumkinligini ma’lum qildi

Yandex Go 2024-yilda bayramdan oldingi kunlar va Yangi yil kechasida qachon taksi buyurtma qilish ancha foydali bo‘lganini, shuningdek, arzonroq yurishga yordam beradigan tavsiyalarini ulashdi.

Bayram kunlari xizmatda tariflar — ya’ni ulanish qiymati, 1 km va 1 daqiqa yo‘l narxi — o‘zgarmaydi. Ammo talab oshgan paytlarda taksi qimmatroq bo‘lishi mumkin. Agar yo‘lga chiqmoqchi bo‘lganlar soni bo‘sh haydovchilardan ko‘p bo‘lsa, safar narxi odatdagidan yuqori bo‘lishi ehtimoli bor.

Yangi yil oldidan dam olish kunlari odatda sertashvish o‘tadi: barcha sovg‘alar sotib olishga, qolgan ishlarini yakunlashga shoshiladi. O‘zbekistonda 2024-yilda xizmatdan foydalanish ma’lumotlariga tayangan holda, Yandex Go yaqin kunlarda qaysi vaqtlarda taksi buyurtma qilish qulayroq bo‘lishi mumkinligini prognoz qildi.

Yilning oxirgi dam olish kunlari

27-dekabr kuni 8:00 dan 11:30 gacha taksi buyurtma qilish foydali bo‘lishi mumkin. Shuningdek, 14:00—16:30 va 18:30—22:00 oralig‘ida ham mashina chaqirish tavsiya etiladi. 28-dekabrda mashinani 16:30 gacha yoki 18:30—21:00 vaqt oralig‘ida buyurtma qilish eng maqbul hisoblanadi.

31-dekabr va Yangi yil kechasi

31-dekabr kuni safarni 7:00 dan 16:30 gacha buyurtma qilish foydali bo‘lgan. Keyinroq ayrim haydovchilar oilalariga shoshilib, liniyadan chiqishi sababli mavjud mashinalar soni kamaygan va taksi narxi vaqtincha oshgan. Yangi yil kechasi mehmonga borish, sayr qilish yoki uyga qaytish uchun eng qulay vaqt — 1:40 dan 2:40 gacha bo‘lgan.

1-yanvar

1-yanvar kuni ertalab 8:00—10:00 oralig‘ida taksi buyurtma qilish foydali bo‘lishi mumkin. Bu paytda haydovchilar asta-sekin liniyaga chiqa boshlaydi, odamlarning ko‘pchiligi esa bayramdan keyin uylariga qaytib bo‘ladi. Keyingi maqbul vaqtlar — 13:30—16:00 va 18:30—21:30.

Layfxaklar: safarda qanday tejash mumkin:

  1. Talab indikatoriga e’tibor berish kerak. Agar liniyaga chiqqan bo‘sh mashinalar yetarli bo‘lsa, indikator yashil rangda bo‘ladi va taksi narxi bazaviy bo‘ladi. Talab oshganda indikator to‘q sariq yoki qizil rangda chiqadi va narx bazaviydan yuqori bo‘lishi mumkin. Talabni tushunish vaziyatni baholashga va yo‘lga chiqish, kutish yoki jamoat transportidan foydalanish haqida qaror qabul qilishga yordam beradi.
  2. Ilovadagi “Kutish” maslahatidan foydalanish kerak. Ba’zi hollarda ilova mashinani biroz uzoqroq kutib, safarni arzonroq narxda amalga oshirishni taklif qiladi.
  3. Mashinani “aniq soat"da emas, oldinroq buyurtma qilish kerak. Taksiga talab to‘liq soatlar arafasida kamroq bo‘lishi mumkin. Masalan, agar mijoz 15:00 atrofida yo‘lga chiqmoqchi bo‘lsa, 14:40 da mashina buyurtma qilishni ko‘rib chiqish mumkin.

Narxni oshiruvchi koeffitsiyent nima uchun qo‘llanadi?

Narxni oshiruvchi koeffitsiyent — bu safari shoshilinch bo‘lgan foydalanuvchilar uchun yo‘lga chiqish imkoniyatini saqlab turishga qaratilgan vaqtinchalik chora. U, shuningdek, liniyaga ko‘proq haydovchilarni jalb qilishga va talab hamda taklif o‘rtasidagi muvozanatni tiklashga yordam beradi. Liniyada barcha yo‘lovchilarni olib ketish uchun yetarli haydovchilar paydo bo‘lishi bilan, taksi narxi yana odatiy darajaga qaytib tushadi.

Ma’lumot tavsiyaviy xarakterga ega. Taksi narxi va talab dinamikasi shahardagi real vaziyatga qarab farq qilishi mumkin.

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling