Messika taqinchoqlarining yangi to‘plami Toshkentdagi butikda taqdim etildi

Tashkent City Mall’da Messika’ning yangi — Move Noa Ciselé va Moderniste kolleksiyalari taqdim etildi. Ular brendning zebu-ziynat dizayniga zamonaviy yondashuvini aks ettiradi.
Toshkent City Mall’dagi Messika rasmiy butikida brendning ramziy toʻplamlaridan yangi tushum, shuningdek, Move Noa Ciselé va Moderniste yo‘nalishlari taqdim etilib, ularda yorqinlik, harakat va me’moriy tafakkur zamonaviy uslubning ajralmas unsuri sifatida mujassam etilgan.

Move Noa Ciselé
Messika timsoli tashqi yuza va hajm orqali yangicha talqinda namoyon bo‘ladi. Move Noa Ciselé toʻplamiga mansub zargarlik buyumlari Ciselé texnikasida sayqal topib, brendning muhriga aylangan jilvali olmoslar bilan bezatilgan bo‘lib, metall sathida yuzaga keladigan yorug‘lik nozik qo‘l mehnati orqali ta’sirchanlikhosil qiladi, buyumlarga nafis vintaj ohang bag‘ishlaydi hamda Fransuz Uyi zargarlarining yuksak mahoratini alohida namoyon etadi.

Move Noa Ciselé uzuklari va bilaguzuklari kundalik qiyofani tabiiy ravishda boyitadi. Ularni yakka holda ham, boshqa taqinchoqlar bilan uyg‘unlashtirib ham taqish mumkin bo‘lib, bu orqali shaxsiy uslubga xos ritm yaratiladi va xarakter nafis tarzda namoyon etiladi.
Moderniste
Me’morchilikdan ilhomlangan Zargarlik Uyining yangi toʻplamida Valeri Messika oltin taqinchoqlarga yorqin ifoda baxsh etib, aniq chizgilar va haykaltaroshlikka xos shakllarga ega Moderniste buyumlarini yaratadi.

Sakkiz qirrali shakllardan ilhomlangan geometrik siluetlar ko‘zgu kabi jilolangan va dag‘al sathlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik orqali yanada ta’sirchan ifoda topadi. Olmoslar bilan bezatilgan sariq va oq oltindan yasalgan bilaguzuklar, kolyelar, uzuklar hamda sirg‘alar har bir harakatda o‘zini yangicha namoyon etib, yorug‘likni dizaynning markaziy unsuriga aylantiradi. Moderniste toʻplami taqinchoqlarni o‘zni ifoda etish vositasi va qat’iy vizual bayonot sifatida qabul qiladiganlar uchun yaratilgan.

Messika’ning Toshkent City Mall’dagi rasmiy butikida brendning ramziy toʻplamlari hamda yangi Move Noa Ciselé va Moderniste yo‘nalishlariga mansub taqinchoqlarni yaqindan ko‘rish va tanlash imkoniyati mavjud.
5-iyul kuni Fransiyaning Messika zargarlik uyi O‘zbekistondagi ilk butikini ochdi.
Parij nafosati va zamonaviylikni uyg‘unlashtirgan, 68 kvadrat metr maydonli butik Toshkentning qoq markazida — Tashkent City Mall savdo markazida joylashgan.
Yangi makon brendning kundalik hayotga mo‘ljallangan mashhur taqinchoqlaridan tortib, Mumtoz zargarlik san’atining noyob namunalarigacha bo‘lgan o‘ziga xos toʻplamlarni namoyish etmoqda.
Ish rejimi:
- Dushanba — payshanba:
10:00—23:00 ; - Juma — yakshanba:
10:00—00:00 .
Telefon: (+998) 33−777−0888.
Manzil: Shayxontohur tumani, Botir Zokirov ko‘chasi, 7.
Mo‘ljanTashkent City Mall, 2-qavat.
Instagram: @premiergroup.uz
Telegram: t.me/messika_uzbekistan
Reklama huquqlari asosida.