Walkntalk doʻkoni yopilmoqda

E’lon qilingan sana· 131
Walkntalk doʻkoni yopilmoqda

Bu haqda Zakiya Dalimova ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Zakiya Dalimova “Walkntalk” do‘koni yopilishini e’lon qildi. Asoschining soʻzlariga koʻra, bu qarorga bir qancha vaziyatlar ta’sir ko‘rsatgan, biroq biznes daromadli bo‘lgan. Chegirmalar e’lon qilinganidan so‘ng uch soat ichida bir haftalik mahsulot hajmi sotib tugatildi.

“19-fevral kuni biz 6 yoshga to‘lamiz. VOKNTOSHlarimiz uchun iliq va yoqimli tadbir uyushtirmoqchi edik, ammo vaziyat taqozosi bilan do‘konni yopishga qaror qildik… Biz jami 6 yil, shu jumladan oflayn shaklda 2,5 yil faoliyat yuritdik… Do‘konning yopilishi munosabati bilan barcha mahsulotlarimizni chegirma asosida sotmoqdamiz.”

Do‘kon 1-martgacha faoliyat yuritadi. Shu munosabat bilan do‘konda ham, onlayn tarzda ham amal qiladigan katta chegirma e’lon qilindi.

Afisha.uz avvalroq asoschi bilan suhbat o‘tkazib , doʻkon asoschisi oʻzi, brend va uni qanday rivojlantirish haqida so‘zlab bergan edi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling