Yandex Goʻning “Taomlar” xizmati orqali Toshkent restoranlarida joy band qilish mumkin

E’lon qilingan sana· 72
Yandex Goʻning “Taomlar” xizmati orqali Toshkent restoranlarida joy band qilish mumkin

Yandex Go‘ning “Taomlar” xizmati Toshkent restoranlarida stollarni onlayn band qilish funksiyasini sinov tartibida ishga tushirdi. Endi foydalanuvchilar ilovaning “Qayerga borish mumkin?” bo‘limi orqali taomlanish maskanini tanlab, stolni band qilishi va restorangacha yo‘nalish tuzishi mumkin.

Pilot loyiha doirasida bron qilish imkoniyati hozircha o‘ndan ortiq muassasada mavjud. Ular orasida Zira va Benedict kafelari, Lali, “Yujanin”, Steak House “Myasnoy”, Pro.Xinkali restoranlari hamda boshqa qator taomlanish maskanlari bor. Ro‘yxat bosqichma-bosqich kengaytirilishi rejalashtirilgan.

Stolni band qilish uchun foydalanuvchi “Qayerga borish mumkin?” bo‘limiga kirib, qidiruv satri ostidagi “Bron” tugmasini tanlaydi va tanlangan muassasa kartochkasidagi “Onlayn band qilish” tugmasini bosadi. Kelgusida stolni Yandex Maps orqali ham bron qilish imkoniyati yaratiladi.

Restoranlar uchun “Qayerga borish mumkin?” bo‘limidagi bron xizmati yangi mehmonlarni jalb etishning qo‘shimcha vositasi bo‘ladi. Ilova orqali stolni darhol band qilish imkoniyati tashrif ehtimolini oshiradi.

“Qayerga borish mumkin?” bo‘limi Yandex Go‘da 2025 yil aprel oyida ishga tushirilgan. Ayni paytda u Toshkent, Samarqand, Buxoro, Andijon va Farg‘ona shaharlarida mavjud. Bo‘limda 1400 dan ortiq restoran va kafe haqida ma’lumot jamlangan. Foydalanuvchilar mos joyni filtrlar yoki neyrotarmoq hamda mahalliy ekspertlar tomonidan tuzilgan tavsiyalar asosida tanlashi mumkin. Shuningdek, ular o‘z restoran va kafelar ro‘yxatini yaratib, boshqalar bilan ulashish imkoniyatiga ega.

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling